NATO: Afg’onistondagi amaliyotda sakkiz bola o’lgan

  • Amerika Ovozi

NATO: Afg’onistondagi amaliyotda sakkiz bola o’lgan

NATO: Afg’onistondagi amaliyotda sakkiz bola o’lgan

NATOning bildirishicha, Afg’oniston sharqida o’tgan hafta xalqaro koalitsiya havo hujumi paytida bir necha bolani o’ldirgan. Bu yanglishmovchilik edi, deydi NATO rasmiylari.

Prezident Hamid Karzay voqeani qoralab, sakkiz bolani hayotdan olib ketgan bu operatsiyani tergov qilishni buyurgan.

Harbiy blok so’zlovchisi, general Karsten Jeykobson so’zlariga ko’ra, Kapisa viloyatida jangarilarga qarshi reydlar o’tkazilib, natijada oddiy fuqarolar jabr ko’rgan.

Bundan afsusdamiz, oraga bolalar aralashib qolganini jiddiy tergov qilish kerak, deydi u.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining oy boshidagi hisobotiga muvofiq, Afg’onistonda 2011-yilda 3 mingdan ziyod oddiy fuqaro nobud bo’lgan. Shuning 77 foizi jangarilar, qolgani mahalliy va xorijiy kuchlar qo’lidan nobud bo’lgan. Bu oxirgi 10 yilda eng qonli ko’rsatkich.

Bu orada, prezident Karzay korrupsiya, poraxo’rlikka qarshi kurashga sodiq ekanini bildirmoqda.

U kecha xalqaro hamjamiyat ajratayotgan mablag’ sarfiyati va ijrosini kuzatayotgan qo’mita vakillari bilan ko’rishgan.

“Jahon ahli Afg’onistonga berayotgan madadni qadrlab, shaffoflikni ta’minlash - burchimiz”, - dedi Karzay. Mamlakatda poraxo’ralik hukumat ishini yemirayotgan illatlardan biri sanaladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG