Afg'onistonda xiyonat uchun toshbo'ron qilish muhokamada

  • Amerika Ovozi

Afg'oniston Adliya vazirligi xiyonatda aybdor topilgan odamlarni toshbo'ron qilishni taklif qilmoqda. Jazo toliblar paytida keng qo'llangan.

Inson huquqlarini himoya qiluvchi "Human Rights Watch" tashkiloti va afg'on mutasaddilari so'zlariga ko'ra, jinoyat kodeksining yangi, hozir muhokama qilinayotgan qoralama shaklida oilali odam xiyonat qilsa toshbo'ron qilish, so'qqaboshlarni esa savalash taklif qilinadi.

Amerikada asoslangan "Human Rights Watch" rasmiy Kobulni tashabbusni rad etishga chaqirgan. Tashkilot xalqaro donorlarni oraga tushib, yangi jazo kuchga kirsa, moliyaviy madadni uzishga undayapti.

Afg'onistonda Tolibon hukumatdan ag'darilganidan beri inson huquqlari himoyasi yo'lida milliardlab dollar sarflanadi. Donorlar uzoq yillik mehnat, ayniqsa, xotin-qizlar huquqi himoyasi yo'lidagi yutuqlar qo'ldan boy berilishi mumkin, deya xavotirda.

Ayni damda xalqaro hamjamiyat ayollarga nisbatan zo'ravonlikka qarshi kurash kunini nishonlayapti.

Afg'oniston Adliya vazirligi rasmiysi Muhammad Azimiy kodeks to'liq ishlab chiqilishi uchun yana ikki yil kerak, deydi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Pan Gi Munning aytishicha, xotin-qizlarga qarshi zo'ravonlik insoniylikni yemirib borayapti.

BMT har soatda 50 ayol VICH bilan kasallanadi, aksariyati zo'ravonlik hollari bilan bog'liq, deya ogohlantiradi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG