Afg’onistonga berilayotgan 10 yillik madad puchga chiqishi mumkin

  • Amerika Ovozi

“Afg’onistonda ko’mak va mojaro” nomli hisobotda shunday savollar o’rtaga tashlanadi: Milliardlab dollar yordamga qaramay nima uchun mamlakatda boshqaruv va ijtimoiy xizmat hamon zaif, xavfsizlik ta’minlanmagan?

“Afg’onistonda ko’mak va mojaro” nomli hisobotda shunday savollar o’rtaga tashlanadi: Milliardlab dollar yordamga qaramay nima uchun mamlakatda boshqaruv va ijtimoiy xizmat hamon zaif, xavfsizlik ta’minlanmagan?

“Xalqaro hamjamiyatining 10 yildan buyon Afg’onistonga berayotgan madadi, xususan xavfsizlik, taraqqiyot va gumanitar ko’magi puchga chiqishi mumkin.

Chunki bugunga kelib mamlakatda na siyosiy, na iqtisodiy barqarorlik o’rnatilgan.

Davlatchilik poydevori ham qurilmagan”. Bu – Bryusselda asoslangan Bo’hronlarni o’rganuvchi xalqaro tashkilot xulosalaridir.

“Afg’onistonda ko’mak va mojaro” nomli hisobotda shunday savollar o’rtaga tashlanadi: Milliardlab dollar yordamga qaramay nima uchun mamlakatda boshqaruv va ijtimoiy xizmat hamon zaif, xavfsizlik ta’minlanmagan?

“AQSh va G’arbagi boshqa davlatlar urushdan tinchgina chiqib ketish yo’larini izlar ekan, Afg’onistonda hukumatga qarshi kuchlar ilgari nisbatan tinch va barqaror hisoblangan hududlarda ham faollashyapti”, - deyiladi tahlilnomada.

Bo’hronlarni o’rganuvchi xalqaro tashkilotning Janubiy Osiyo bo’yicha direktori Samina Ahmad deydiki:

“Bugungi kunga kelib, ko’plab viloyatlar beqaror ekan, odamlarga insonparvarlik yordamini yetkazish ham qiyin. Ijtimoiy xizmat ko’rsatish amri mahol”.

2001 yildan buyon Afg’onistonga va’da qilingan 90 milliard dollardan bor-yo’g’i 57 milliardi mamlakatga yetib borgan xolos. Bu terrorga qarshi urushga sarflangan mablag’dan ancha kam, deyiladi hisobotda.

Afg’onistonga berilayotgan 10 yillik madad puchga chiqishi mumkin

Afg’onistonga berilayotgan 10 yillik madad puchga chiqishi mumkin

Tashkilotning aniqlashicha, ajratilgan mablag’ ta’lim, sog’liqni-saqlash va xotin-qizlar huquqlarini ta’minlash o’rniga ko’proq harbiy maqsadlarda sarflangan.

Kobulda korrupsiya avj olgani, buning natijasida xalqaro yordam mahalliy organlarga yetib bormayotgani qayd etiladi.

Berilayotgan mablag’ aholi ehtiyojlarini inobatga olgan holda konkret loyihalarni ko’zda tutishi lozim va ularning amalga oshirilishi yaqindan nazorat qilinishi kerak.

Hamid Karzai boshchiligidagi hukumat xorijiy yordamga qaram bo’lib qolavermasdan, deyiladi hisobotda, iqtisodni rivojlantirish uchun mavjud resurslardan oqilona foydalanishi lozim.

2014 oxiriga borib, Afg’oniston o’z aravasida mustaqil holda torta boshlashi kerak. Vaqt oz qoldi, lekin mamlakatda say-harakatlar juda sust, deydi Robert Templer, Bo’hronlarni o’rganuvchi xalqaro tashkilotning yetakchis eskpertlaridan biri.

Amerika hukumati odatda bunday tanqidlar yangraganda, ko'plab muvaffaqiyatlarni qayd etadi.

Bugun aksariyat viloyatlar tinch. Odamlarning hayoti normallashgan, ya'ni o'g'il-qiz maktabga boradi, ota-ona ishlashi uchun ancha imkoniyatlar mavjud.

Bozorlar mahsulotga to'la. Fuqaro arz qilmoqchi bo'lsa, boradigan joyi bor. Ayollar bilim olmoqda, kasb-hunarli bo'lib, iqtisodiyotga hissa qo'sha boshlagan.

Qashsholikka qarshi hali uzoq kurashishga to’g’ri keladi, lekin salmoqli o’zgarishlar haqida afg’onlarning o’zidan eshitasiz, deydi AQSh rasmiylari.

Ammo, deya tan oladi ular, ekstremist kuchlar ancha jonlangan va oxirgi oylarda xurujlarni oshirgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG