Breaking News

Yulg'ichlik, poraxo'rlik Afg'onistonda tabiiy hol


Kobul ko'chalarida
Kobul ko'chalarida

Afg’oniston korrupsiya eng chuqur ildiz otgan davlatlardan biri. Yevropa Ittifoqi bu borada kurashni kuchaytirish harakatida. Mamlakat bo’ylab olti haftalik targ’ibot boshlangan. Omma orasida esa bunday loyiha va tashabbuslarga ishonch past. Korrupsiyaning ota-onasi - xorij davlatlari, deydi “Amerika Ovozibilan muloqot qilgan afg’onlar.

Yulg'ichlik tirikchilik hisoblangan jamiyatda korrupsiyani yengish mumkinmi?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:08:41 0:00
Yuklab oling

Korrupsiya hech kim uchun yangilik emas. Afg’oniston rahbari Ashraf G’ani bu yil unga qarshi jiddiy kurashmoqchi. Odamlar va xalqaro hamjamiyat yulg’ichlikka ortiq toqat qilmaydi, deydi prezident.

Juzijon viloyatining viloyat vakillari sho’rosi raisi Bobur Ishchi nazarida, davlat odamlari oddiy maoshga ko’nmaydi.

Yangi hukumat qurilishi bilan korrupsiya yo’q bo’lishi mumkin deb o’ylagan edik. Lekin undan battarroq bo’ldi. Ba’zi idoralar borki, unda yaxshi odamlar ham ishlaydi, lekin o’sha odamlar ham orada kuyib ketgan. Fisod faqat poraxo’rlik degani emas. Ishlarni ortga qoldirish, odamlarni sababsiz yugurtirib yurish, odamlar tayin bo’layotganida ham aralashuvlar bo’ladi, shularning hammasi fisod deyiladi”, - deydi suhbatdosh.

Fisodni yo’q qilishga qaratilgan mustaqil idoralar bor. Ularning vazifasi poraxo’r odamlarni ushlab sudga topshirish, fisodga qarshi targ’ibot o’tkazish.

Bobur Ishchi fikricha o’sha idoralarning o’zi poraxo’rlikka botgan.

“Idoralar islohoti uchun ochilgan tashkilotlar ham, islohot uchun emas, faqat fisodga zamin yaratish maqsadida qurilgan deb o’ylayman. Fisodni yo’q qilamiz deyotgan odamlar o’sha poraxo’r odamlardan biror narsa yulishga harakat qiladi. O’shalarning ishlariga sherik bo’ladi. Biz hukumat ishlarini nazorat qilar ekanmiz, korrupsiya keng tarqalgani sabab hammasiga yeta olmayapmiz. Ba’zida hayron bo’laman, bu qanday ahvol deb. Lekin hech kim vaziyatni so’ramayd. Hukumat katta ishlar bilan band. Bunday narsalarga e’tibor bermayapti. Ammo fisod juda xavfli narsa, tezlikda yo’qoladigan emas”,- deydi Bobur Ishchi.

“Amerika Ovozi” bilan so’zlashgan afg’onlar deydiki, korrupsiyani yo’q qilish uchun aslida hukumatda ham iroda yetishmaydi, shuningdek, o’zini Afg’onistonning hamkori deb biladigan boshqa davlatlarda ham.

“Agar xorij davlatlari va kattakonlarning niyati korrupsiyani yo’q qilish bo’lganida edi, bu narsa haligacha yo’qolgan bo’lar edi. O’shalar ham fisod uchun keladi deb o’ylayman. Korrupsiyani yo’q qilish uchun haqiqatdan ham xalq ovozi bilan qurilgan bir hukumat kerak”,- deydi Bobur Ishchi.

Odamlar ishlari tushgan idoralarga pul to’lab, bordi-keldidan qutulishni xohlaydi. Qayerda ishlari sekinlashsa, kimga pul bershni va qanday qilib ishini bitkazishni o’ylaydi.

Bobur Ishchi, Juzijon viloyati kengashi vakili
Bobur Ishchi, Juzijon viloyati kengashi vakili

“Xalq ham aybdor. Xalq ham korrupsiya uchun zamin yaratadi. Hukumat E’tilofiy (kollektiv) bo’lgani uchun odamlar prezident imzosi bilan ishga kirsa ham unga vasiy bo’lgan odamga ko’proq e’tibor beradi, prezidentga e’tibor bermaydi. Shuning uchun odamlar dardlari kimga borib aytishini bilmaydi. Pul berib ishini tezlikda bajarilishini yaxshi ko’radi”,- deydi Juzijon viloyati vakillari sho’rosi raisi.

Vakillar sho’rasining birinchi vazifasi hukumat ishlariini nazorat qilish ekan, xalq ishi uchun davlat idoralariga borgan vakillarni hukumat rasmiylari ularning ishiga aralashayotganlikda ayblaydi. Vakillar esa “bu bizning ishimiz” deydi.

“Sud-huquq idoralarida ham korrupsiya bor. Birinchi mahkama (sud)ga borgan ish 5-6 oylab davom etadi. Ikki yilda ham odamlar “qaziaylar” hal bo’lamaganiga ham guvohman. Sud idolari odamlari normal qabul qilishmaydi. Ishlari qanchalik ilgarilangani bilish uchun biror odamni (vosita) topib keyin borishiga to’g’ri keladi”,- deydi Bobur Ishchi.

Oddiy maosh bilan hech qachon boyimaysiz, lekin korrupsiya orqali badavlat bo’lib ketgan odamlarni ko’p ushratsa bo’ladi. Hukumat bunga befarq. Mulk qayerdan kelayapti deb so’raydigan odam yo’q. Hisob-kitob, mas’uliyat va javobgarlik ta’minlanmas ekan, yangilik kutmang, deydi jamoatchi faollar. Gap qonunlar oyoq osti qilinayotganida, qonun ustuvor emasligida.

“Fisodni yo’q qilish uchun hukumat rahbarlari xalqni ishontirishi kerak. Hukumat xalqni biz korrupsiyaga qarshi kurashamiz degan gapga ishontirish kerak. Hukumat rahbarlari biz fisodni yo’q qilamiz deb gapirsa, odamlar ular ustidan kuladi. Sen qanday qilib fisodga qarshi kurashasan deb aytishadi. Lekin rahbarlar fisodga nisbatan befarq emas ekanini (amalda) isbotlasa, fisod yo’qoladi”,- deydi Juzijon vakillari sho’rosi raisi Bobur Ishchi.

XS
SM
MD
LG