Afg'onistonda avtobus halokatida 34, kechagi olishuvda 9 kishi o'lgan

  • Amerika Ovozi

Kobulda Britaniya kengashi joylashgan imoratga hujum qilingan, 19 avgust 2011

Kobulda Britaniya kengashi joylashgan imoratga hujum qilingan, 19 avgust 2011

Bugun Afg’onistonning Qandahor viloyatining tog’li hududida yo’lovchi avtobus qulab, 34 kishi o’lgan. 24 afg’on jarohat qolgan.

Hirotda esa harbiy yuk mashinasi oldida yuz bergan portlashda ikki askar halok bo’lgan, uch nafari og’ir ahvolda.

Kecha Kobulda Britaniya madaniy markaziga bostirib kirilgan va to’qqiz kishi nobud bo’lgan edi.

Afg’onistonda Britaniyadan mustaqillikka erishganiga 92 yil to’lgan kuni amalga oshirilgan bu hujum, Tolibonning tasdiqlashich, uning ishi.

NATO, AQSh va Afg’oniston hukumati voqeani qoralagan.

Sakkiz soat davom etgan olishuv barcha jangarilarning o’limi bilan tugagan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG