Breaking News

Afg'oniston tashqi qarzidan qutulish uchun jiddiy qadamlar qo'ymoqda, deydi AQSh elchisi


11 milliard dollarni uzish oson bo'lmaydi. Lekin mamlakat Jahon Banki, Xalqaro Valyuta Jamg'armasi va AQSh hamkorligiga tayanmoqda.
11 milliard dollarni uzish oson bo'lmaydi. Lekin mamlakat Jahon Banki, Xalqaro Valyuta Jamg'armasi va AQSh hamkorligiga tayanmoqda.

Afg’oniston xalqi hayotini yaxshilash hamda mamlakatda iqtisodiy taraqqiyotni rag’batlantirish maqsadida AQSh uning jami 108 million dollarlik qarzidan voz kechmoqda.

“Qarzdan qutilish Afg’onistonda qashshoqlikka qarshi kurashda juda muhim. Bu hukumatni kelajakda sog’liqni saqlash, ta’lim maqsadlari uchun ko’proq sarmoya ajratishga undaydi”, – deydi AQShning Kobuldagi elchisi Karl Eykenberri.

Uning aytishicha, iqtisodni kuchaytirish afg’on hukumatining aholi uchun xavfsiz, doimiy va farovon muhit yaratishi uchun bag’oyat zarur.

Afg’onistonni qarzdan ozod etish qarori Jahon Banki va Xalqaro Valyuta Jamg’armasi bu mamalakatni Chuqur qarzga botgan qashshoq mamlakatlar ro’yxatiga qo’shgandan keyin e’lon qilindi.

Ushbu imtiyozga ega bo’lishdan oldin mamlakat qashshoq davlatlar uchun ko’zlangan maxsus dasturni amalga oshirishi kerak. Bu loyiha Afg’oniston milliy taraqqiyot strategiyasi deya nomlanib, mamlakat konchilik sohasini isloh qilish, qarz boshqaruvini kuchaytirish kabi qator vazifalarni o’z ichiga oladi.

Afg’oniston ushbu dasturni 2007-yilda boshlagan va bugunga kelib ijobiy samarasi sezila boshladi. Shu yil boshida Xalqaro Valyuta Jamg’armasi, Jahon Banki hamda dunyoning 19 eng baquvvat davlatlarini o’z ichiga olgan Parij Klubi Afg’onistonning jami 2,6 milliard dollarlik qarzini bekor qildi.

“108 million dollarlik qarzni bekor qilish haqida hukumatlarimiz kelishuvi Afg’onistonning tashqi qarzlarini kechib yuborish borasidagi xalqaro qarorning bir qismidir. Shu tariqa Afg’oniston 11 milliard dollarlik tashqi qarzidan ozod bo’ladi”, – dedi AQSh elchisi Karl Eykenberri.

Uning aytishicha, AQSh Afg’oniston bilan uning iqtisodini kuchaytirish yo’lida hamkorlik qilishda davom etadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG