Afg'oniston Vitse-prezidenti Abdul Rashid Do'stum hujumga uchragan

  • Amerika Ovozi

Afg'oniston Vitse-Prezidenti general Abdul Rashid Do'stum (markazda) harbiy amaliyotni ko'zdan kechirmoqda. Faryob, Afg'oniston.

Afg'oniston Vitse-Prezidenti general Abdul Rashid Do'stum (markazda) harbiy amaliyotni ko'zdan kechirmoqda. Faryob, Afg'oniston.

Afg'oniston rasmiylarining aytishicha, juma kuni Vitse-prezident general Abdul Rashid Do'stumni olib ketayotgan mashinalar kolonnasiga hujum uyushtirilgan.

Faryob viloyati politsiyasi rahbari Said Mas'ud Yaqubiyning "Amerika ovozi"ga aytishicha, hodisa viloyatning Qaysar tumanida yuz bergan.

Dostumning matbuot kotibi Sulton Fayziyga ko'ra, generalning qo'riqchilari hujumga javob qaytarib, jangarilarning sakkiz nafarini o'ldirgan, 13 tasini asirga olgan.

Yaqubiy ma'lumotiga ko'ra, o'lganlardan biri o'zbek.

Do'stum sobiq urush qo'mondoni bo'lib, Afg'onistondagi ozchilik o'zbek elatining yetakchisi sifatida ko'riladi. U so'nggi haftalarda shimoliy viloyatda Tolibonga qarshi harbiy amaliyotlarni amalga oshirayotgan edi.

Hujum Do'stum Faryobning Tolibon vakillaridan tozalangan hududlarini ko'zdan kechirayotgan payt yuz bergan. "Ayna" telekanalining xabar berishicha, general mahalliy aholi bilan uchrashib, ular bilan o'zbek tilida muloqot qilgan. Bu yerga Tolibonning qaytib kirishiga ortiq yo'l qo'ymaymiz va o'g'il-qizlarimiz uchun tez orada maktablarni ochamiz, degan u.

U keyinroq armiya, politsiya va razvedka rasmiylari bilan uchrashib, so'nggi xurujlarga Pokistonning ham aloqasi borligini aytgan.

Do'stum rasmiylar bilan yig'inda Tolibonni yana bir bor tinchlik muloqotiga qo'shilishga chaqirgan. Uning aytishicha, Faryobdagi tumanlardan birida mingdan ortiq toliblar tinchlik jarayoniga qo'shilishga tayyorligini bildirgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG