BMT: Afg’onistonda qoradoriga qarshi kurash ustuvor vazifaga aylansin

  • Amerika Ovozi

Aftyun jamiyat, davlat oyoqqa turishiga to'sqinlik qilmoqda

Aftyun jamiyat, davlat oyoqqa turishiga to'sqinlik qilmoqda

BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun Afg’oniston hukumati va ahlini qoradoriga qarshi kurashni ustuvor vazifaga aylantirishga va xalqaro hamjamiyatni yordamga da’vat etdi.

Avstriya poytaxti Venada shu mavzuga doir bir kunlik anjumanni ochib bergan arbob nazarida qoradori Afg’onistonni oyoqqa turg’azish ishlarini yemirmoqda.

"O’tgan yili ko'knori yetishtirish yetti foizga oshdi, afyun ishlab chiqarish 61 foizga ko’tarilgan. Afg’on qoradori savdogarlari mahsulot eksportidan 2,4 milliard dollar daromad qilgani aytilmoqda. Mamlakat yalpi ichki daromadining 15 foizini afyun tashkil etar ekan, barqarorlik haqida gapirish mumkin emas”, - deydi Pan Gi Mun.

Tadbirda noqonuniy qoradori savdosini to’sish, geroin yaratishda zarur kimyoviy moddalar oqimini to’xtatish yo’llarini izlash va afg’on xalqi orasida bu illatga qarshi kampaniyani qo’llab-quvvatlash kabilar ko’rildi.

“Qoradori ishlab chiqarishga turki beruvchi omillarni yo’qotishimiz kerak”, - deydi Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov.

BMT: Afg’onistonda qoradoriga qarshi kurash ustuvor vazifaga aylansin

BMT: Afg’onistonda qoradoriga qarshi kurash ustuvor vazifaga aylansin

Afg’oniston Qoradoriga qarshi kurash vaziri Zarar Ahmad Muqbil Usmoniy Hilmand viloyatida ko’knor hosili 2009-yilga qaraganda 15 ming gektarga kaymaygani katta yutuq, deydi.

Xalqaro hamjamiyat xavotirini tushunamiz, biroq mahsulot, asosan, eng xatarli viloyatlarda yetishtirilmoqda, deydi u.

Anjumanga Lavrov bilan hamraislik qilgan Fransiya Tashqi ishlar vaziri Alan Juppe ta’firiga ko’ra, “qo’l qovushtirib o’tirgandan qo’rqinchlisi yo’q”.

Anjuman xulosalari majburiy emas. Shu paytgacja ko’rilgan choralar yetarlicha samara bermagan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG