Afg’oniston bu yil yanada ko'proq afyun yetishtirishi mumkin

  • Amerika Ovozi

Afg’oniston bu yil yanada ko'proq afyun yetishtirishi mumkin

Afg’oniston bu yil yanada ko'proq afyun yetishtirishi mumkin

Birlashgan Millatlar Tashkilotining giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo’yicha boshqarmasi (UNODC) hisobotiga ko’ra, Afg’onistonda afyun ishlab chiqarish bu yili yanada oshishi mumkin.

Tolibon uchun narkotiklar savdosidan tushayotgan daromad asosiy tayanch ekani sir emas.

Jahondagi afyunning 80 foizi Afg’oniston hissasiga to’g’ri keladi. Mahsulot narxi oshgan sari ekinzorlar ham kengayib borayapti.

Afyun savdosi – 66 milliard dollarga teng yirik biznes. Shuning bir bo’lagi, ya’ni 2 milliard dollari Afg’onistonga ham tegadi. Bu mamlakat yalpi milliy mahsulotining 9 foiziga teng.

Afg’oniston bu yil yanada ko'proq afyun yetishtirishi mumkin

Afg’oniston bu yil yanada ko'proq afyun yetishtirishi mumkin

BMTning giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo’yicha boshqarmasiga ko’ra, Afg’onistonda qariyb bir million oila narkotiklarga ruju qo’ygan va bu raqam o’sishda davom etyapti.

Iste’molchilar shpritslarni baham ko’rishi imminutet taqchiligi virusi, ya’ni SPIDga yetaklovchi kasalliklar mamlakatda keng tarqalishiga olib kelayapti.

Boshqarmaning Afg’onistondagi vakili Jan-Lyuk Lemao qoradori nafaqat aholi salomatligi, balki ayni damda barqarorlik va xavfsizlikka ham salbiy ta’sir ko’rsatayotganini aytadi.

“Giyohvand moddalar eksporti nafaqat Afg’oniston, balki butun mintaqa va dunyo xavfsizligiga raxna solmoqda”, - deydi mutaxassis.

Tolibon va Haqqoniylar singari isyonchi to’dalar qoradori kontrabandasidan manfaatdor.

“Daromadning 10 foizi, ya’ni 200 million dollar isyonchilar qo’liga o’tayotgani haqida ma’lumot bor. Bu yilgisi undan-da ko’p - 700 million dollar atrofida”, - deydi BMT rasmiysi.

Afg’oniston bu yil yanada ko'proq afyun yetishtirishi mumkin

Afg’oniston bu yil yanada ko'proq afyun yetishtirishi mumkin

Afg’onistonda xavfsizlikni ta’minlovchi xalqaro kuchlar vakili, general Karsten Jekobson kontrabanda va isyonchilik chambarchas bog’liq ekanini ta’kidlaydi.

“Qoradori – jangarilarning moliyaviy manbai. Buni tezlikda to’xtatish kerak, ma’lum ma’noda bunga erishyapmiz ham. O’tkan uch hafta ichida 750 million dollarlik giyovand modda musodara qilinib, yo’q qilindi”, - deydi ofitser.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Afg’onistonga qo’shni mamlakatlar, jumladan, Pokiston hukumatini ogohlantirib, o’z hududidagi jinoyatchi tizimlarga qarshi chora ko’rishni so’ragan. Hisobotga ko’ra, Afg’onistondagi qoradorining yirik qismi Pokiston va Eron orqali chetga uzatilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG