Afg'onistonda saylov natijalari ma'lum

  • Amerika Ovozi

Sobiq tashqi ishlar vaziri Abdulla Abdulla 45 foiz ovoz jamg’argan.

Sobiq tashqi ishlar vaziri Abdulla Abdulla 45 foiz ovoz jamg’argan.

Saylov komissiyasiga ko’ra, hech bir nomzod 50 foizdan ko’p ovoz to’plamagan va yetakchi ikki arbob kelasi oy o’zaro bellashadi.

Afg’oniston saylov komissiyasi o’tgan oygi prezident saylovlari natijalarini e’lon qildi.

Unga ko’ra, hech bir nomzod 50 foizdan ko’p ovoz to’plamagan va yetakchi ikki arbob kelasi oy o’zaro bellashadi.

Sobiq tashqi ishlar vaziri Abdulla Abdulla 45 foiz, Jahon banki sobiq iqtisodchisi Ashraf G’ani 32 foiz ovoz jamg’argan. Fuqarolar 14-iyun kuni shulardan birini tanlashi kerak bo’ladi.

Uchinchi bo’lib kelgan Zalmay Rasul kuni-kecha Abdullani yoqlashini ma’lum qildi. U o’z qarorini izohlar ekan, xalqqa birdamlik, barqarorlik kerak, dedi. Afg’onistonni 2001-yildan beri Hamid Karzay boshqarib kelayotgan edi.

Abdulla Abdulla ham, Ashraf G’ani ham g’alaba qozonsa, Qo’shma Shtatlar bilan aloqalarda yangi sahifa ochishga va’da bermoqda.

BMT nomzodlarni astoydil va ijobiy ruhda kurashgani uchun olqishladi. Amerika ham afg'on xalqini saylovda faol qatnashgani uchun maqtayapti. Ikkinchi bosqich ham ishonchli, xolis o'tishi lozim, deyiladi AQSh elchixonasi bayonotida.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG