Afg'onistonda saylov kampaniyasiga start berildi

  • Amerika Ovozi

Afg'onistonda prezidentlikka nomzod Abdulla Abdulla Kobulda saylov dasturi haqida so'zlamoqda, 2-fevral, 2014-yil.

Afg'onistonda prezidentlikka nomzod Abdulla Abdulla Kobulda saylov dasturi haqida so'zlamoqda, 2-fevral, 2014-yil.

Afg’onistonda 5-aprelga belgilangan prezident saylovlari uchun tashviqot kampaniyasi boshlandi. Amaldagi prezident Hamid Karzay qonunga ko’ra uchinchi muddatga saylana olmaydi.

G’oliblikka da’vogarlar orasida sobiq tashqi ishlar vaziri Abdulla Abdulla, sobiq moliya vaziri Ashraf G’ani hamda prezidentning akasi Qayum Karzayni alohida ta’kidlash lozim.

Kecha g’arbdagi Hirot shahrida Abdullaning saylov kampaniyasida ishlagan ikki odam otib ketildi. Tolibon jarayonni izdan chiqaramiz, deya do’q-po’pisa qilmoqda.

Prezident saylovlari o’ziga yarasha sinov vazifasini bajarib, Afg’onistonda davlat institutlari, xavfsizlik kuchlari qanchalik mustahkam ekanini ko’rsatib beradi.

Aytish joiz, shimolda yashovchi o'zbek jamoasining sardori, general Abdul Rashid Dostum birinchi vitse-prezidentlikka nomzod sifatida Ashraf G'ani bilan bir guruhda poygada ishtirok etmoqda.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG