Afg'onistonda ayniqsa qishloq xo'jaligi yordamga muhtoj

  • Amerika Ovozi

Zabul viloyati ekinzorlarida

Zabul viloyati ekinzorlarida

Bugun Afg’onistonda Amerika qo’li tegmagan soha qolmadi hisob. Mamlakat xavfsizligidan tortib, qishloq xo’jaligini rivojlantirishigacha, yuzlab loyihalarga pul ajratilmoqda.

Amerika mutaxassislari bilan hamkorlikda yaqinda Kobul Universitetida qishloq xo’jaligi fakultetiga asos solindi.

O’nlab professor-olimlar bu sohani takomillashtirish borasida o’g’il-qizlarga bilim bermoqda.

Afg’onistonning bug’doy dalalarida yig’im-terim ayni qizigan palla.

Kobul Universitetida

Kobul Universitetida

Kobul Universitetida talabalar amerikalik mutaxassis yordamida dehqonchilikning zamonaviy usullari haqida saboq olmoqda.

AQShning Perdyu Universitetidan Sofiya Vilkoks besh yillik dastur doirasida Afg’onistonga kelganiga bir yil bo’ldi.

“Biz bu yerda samaradorlikni oshirish va xirmonni kengaytirish haqida nazariy va amaliy darslar o’tkazayapmiz. Dehqonchiligini rivojlantirish, zamonaviy texnikadan foydalanish yo’llarini mahalliy yoshlarga o’rgatayapmiz”,- deydi u.

Kobul

Kobul

O’quv dasturining birinchi yilida talabalar biologiya va va chorvachilikdan saboq oladilar.

Ikkinchi yili asosan amaliy mashg’ulotlar bilan o’tadi. Unda talabalar jamoa xo’jaliklari va fermalarda ishlab tajriba orttiradilar.

“Kelajakda mahsulotni chet elga eksport qiladigan bo’lsak, texnologiyadan ko’proq foydalanishimiz kerak”,- deydi Subhanulla ismli talaba.

Kobul oliygohida yaratilgan fermada asosan qo’y va tovuq boqiladi. Yaqinda Amerikadan zotdor parranda keltirishgan. Kelajakda asalari, yirik qoramol va baliqchilik dasturlarini yo’lga qo’yish rejalangan. Xorij tajribasi bebaho, deydi talabalar.

Bag'lan viloyati

Bag'lan viloyati

“Yurtimizda dehqonchilik uchun barcha sharoit mavjud. O’rgansak bas”,- deydi Payg'am ismli talaba.

Afg'onistonda aholining 85 foizi dehqonchilik qilib kun ko’radi.

Lekin qishloq xo’jaligiga qiziqqan yoshlar kam.

Huquqshunoslik va jurnalistikaga hujjat topshirayotganlar ko’p, deydi professor Avaz Xon.

“Ahamiyatini tushuntirib, yoshlarni jalb qilish kerak bu fakultetga. Chunki dehqonchilik qiladigan yerlarimiz bir dunyo. Mutaxassislar esa kam”,- deydi u.

Darai Nur

Darai Nur

Bugun Afg’oniston dalalarida ijobiy o’zgarishlar ko’zga tashlanadi. Ikki yil avval mana bu xo’jalikka yangi texnika olib kelingan.

Lekin bu kabi mashinalar Afg’onistonda juda kam, deydi dehqon G’ulom Nabi.

“Hukumat bizga texnika vositalari sotib olishda yordam bermaydi. Ozgina urug’ beradi xolos”,- deydi fermer.

Kombayn, traktorlarni xarid qilishda afg’on dehqonlari hukumat ko’magiga muhtoj. Dehqonchlikning zamonaviy usullarini o’rgansak, xirmonimiz to’lib toshishiga shubham yo’q, deydi G’ulom Nabi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG