Afg'on armiyasi: Hilmandda Tolibonga qarshi yutuqlar bor

  • Amerika Ovozi

Hilmand viloyati

Hilmand viloyati

Afg'oniston qurolli kuchlari Hilmand viloyatida Tolibon nazoratidagi hududlarga kirib bormoqda. 43 jangari o'ldirilgan.

"Marja tumanidagi uch hududni tozaladik", - deydi mahalliy politsiya rahbari Abdul Rahmon Sarjang.

Ammo Tolibon so'zlovchisi Zabihulla Mujohid hukumat da'volarini inkor etmoqda. "Ham afg'on askarlari, ham amerikalik zobitlar orasida talafotlar talay. Kobul hukumati ommani chalg'itish uchun soxta xabarlar tarqatyapti", deydi u.

Kuni-kecha Pentagon janglarda amerikalik bir askar o'lgani va ikki nafari jarohatlanganini tasdiqladi. Ular jang maydonidan evakuatsiya qilingan. NATO va AQSh askarlari Afg'onistonda jangovar missiyani bir yil oldin yakunlagan va hozirda asosan mahalliy qo'shinlar treningi bilan shug'ullanadi.

Janubdagi Hilmand viloyatida toliblar 14 tumandan 10 tasini nazorat qilayotganini ta'kidlaydi, biroq janglar oylab davom etayotgani sabab aniq ma'lumot olish qiyin. Pokiston bilan chegaradosh bu hududda qoradori yetishtiriladi.

Tolibonga boy berilgan joylarni qaytarib olish uchun va mahalliy armiyaga amaliyotlarni rejalashda ko'maklashish uchun o'tgan oy NATO Marja tumanida xorijiy harbiy murabbiylar sonini oshirgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG