Afg'on armiyasi Hilmandning muhim tumanini toliblardan tortib oldi

  • Amerika Ovozi

Sangin, Hilmand

Sangin, Hilmand

Afg'oniston rasmiylarining aytishicha, mahalliy armiya Amerika havo kuchlari yordamida notinch Hilmand viloyatining muhim tumanini toliblardan tortib oldi.

Viloyat gubernatori muovini Muhammadjon Rasulyor so'zlariga ko'ra, bugun, payshanba kuni Sangin tumani uchun olishuvlarda kamida 45 tolib yo'q qilingan, yana bir necha nafari jarohatlangan.

AQSh armiyasidan polkovnik Maykl Lohorn amaliyotda Amerikaning jangovar samolyotlari ham qatnashganini tasdiqladi.

Afg'oniston qo'shinlari Hilmandning boshqa tumanlarini qaytarish uchun hozirlik ko'rmoqda, deydi Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Sidiq Sidiqiy.

BMT Xavfsizlik kengashi sal oldin Tolibonga qarshi sanksiyalar muddatini yana bir yilga uzaytirgan edi. Jangari guruh bu qarorni hamda Hilmanddagi operatsiyaga NATO kuchlari jalb qilinganini qoralamoqda.

Hilmand viloyatida Britaniyaning bir necha harbiysi xizmat qilib keladi. Tolibon nazarida esa bu kuchlar ajnabiy bosqinchilar va aholi yashovchi hududlarni yoppasiga bombardimon qilmoqda.

Tolibon xorij qo'shinlari mamlakatni butunlay tark etmagunicha jihodni davom ettirishini aytib keladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG