Afg’onistondagi xurujda yetti gruzin askari o’lgan

  • Amerika Ovozi

Afg’onistonda Gruziyaning 1500 dan ziyod askari xizmat qiladi.

Afg’onistonda Gruziyaning 1500 dan ziyod askari xizmat qiladi.

Afg’oniston janubida kechagi portlashda yetti gruzin askarining o’limi ketidan bugun Gruziya mudofaa vaziri mamlakatga tashrif buyurgan.

Irakli Alasania Bryusselga safarini erta tugatib, bugun Afg’oniston Mudofaa vaziri Bismilloxon Muhammadiy bilan ko’rishgan.

Afg’on rasmiysi xalqaro koalitsiya a’zosi Gruziyaga qilgan xizmatlari uchun minnatdorchilik bildirdi.

Kecha Hilmand viloyatidagi baza yaqinida ro’y bergan portlashni toliblar amalga oshirganini da’vo qilayapti.

Harbiy kampaniya boshidan beri mamlakatda 30 nafar gruzin zobiti nobud bo’lgan.

Afg’onistonda Gruziyaning 1500 dan ziyod askari xizmat qiladi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG