Kobulda Boburiylar davridan qo’lgan “Shahrorbegum” nomidagi tepalikda tojik yetakchilaridan Habibullo Kalkoniy jasadi qoldiqlarini qaytadan dafn etish marosimi zo’ravonlikka aylangan.

Kalkoniy tarafdorlari va “Junbishi Milliy” Partiyasi rahbari O’zbek General Abdul Rashid Do’stum askarlari o’rtasidagi to’qnashuvlarda uch odam o’lgani aytilmoqda.

“Junbishi Milliy” va “Jamiyat Islomiy” partiyalari nega kelisha olmayapdi.

Tojik yekatchilardan bo’lgan Habibulla Kalkoniy bundan 87 yil oldan qatl qilingan. Uning jasadi qoldiqlari 1-sentyabr kuni qayta dafn etilishi rejalangan edi.

“Shahrorobegum” nomidagi teppalikda ko’milishi e’lon qilingani ortida Afg’on o’zbeklari bunga qarshilik bildirdi.

O’zbeklar Boburiylarga ta’alluqli bu tarixiy makonda Habibullo Kalkoniy jasadi qoldiqlari qayta dafn etilishiga ruxsat bermasliklarini e’lon qildilar.

Agar Kalkoniy shu joyda ko’milsagina bu tarixiy qal’a nomi “Shahrorobegum” nomidan Habibullo Kalkoniy nomiga o’zgarishi tabiiy edi.

Turkiy xalqlar qadimiy obidalarini himoya qilish maqsadida chiqqan bu o’zbeklar Afg’on Vitse-prezidendi General Abdul Rashid Do’stumga murojaat qilishgan. Shundan so’nga tarixiy bu teppa General Do’stum askarlari tomonidan qamal qilingan. Askarlar hech kimga hududga kirishiga ruxsat bermagan.

Janjallar ortidan marosim ishlari bo’yicha tuzilgan komissiya rahbariyati “kululapushta” nomli teppalikda ko’mishga qaror qabul qilgan, lekin Kakoniy tarafdorlari bunga ko’nmagan.

“Junbishi Milliy” Partiyasi so’zlovchisi Bashir Ahmad Tayanch Tojiklar bu urinishini Boburiylardan qolgan obidalar nobud qilishga qaratilgan harakat deb hisoblaydi.

“Dafn marosimi komissiyasi bu tarixiy joyni tanlagan. Balkim, buyuk xalqning norozligi bilan dush kelishi mumkinligini o’ylamaganlar. Natijada shugungi janjallar chiqdi. Biz Habibulla Kalkoniy qayta ko’milmasin demaymiz, lekin bobo-ajdodlarimizdan qolgan joyni nobud qilib, o’rniga Kalkoniy jasadi qoliqlari ko’milishiga ham ruxsat bermaymiz”,- deydi Bashir Ahmad Tayanch.

Bashir Ahmad Tayanch mavzuni hukumat yo’li bilan bo’ladimi, yokiy tarxiy obidalarni saqlash bo’yicha tashkilotlar tashabbusi bilan bo’ladimi, tinch yo’l bilan hal qilinishiga umidvor.

“Biz komissiya bilan aloqada edik. Mahal “Shahrorobegum”dan “Kululapushta” nomli tepaga o’zgarishni istadik, bu taklif qabul ham bo’ladi. Lekin ichkaridan ba’zi odamlar ko’nmagan bo’lishi mumkin, odamlarni yana “Shahrorobegum” nomidagi tepa qarata yurishlariga undagan. Bizning taklifimizni madaniy tashkilotlar, boshqa elatlar, xususan pashtunlar himoya qilayaptilar”,- deydi “Junbishi Milliy” partiyasi so’zlovchisi Bashir Amad Tayanch.

“Agar zo’ravonlik qilmoqchi bo’lsalar biz ham xalqimiz kuchi bilan javob beramiz”,- deya ogohlantiradi Tayanch.

Bashir Ahmad Tayanch to’qnashuvlar natijasi bir nafar harbiy jon berganini ham tasdiqlaydi. Yaralanganlar ham bor.

Lekin Habibullo Kalkoniy tarafdorlari General Do’stum odamlarini zo’ravonlikda ayblaydi.

Habibullo Kalkoniy 1929-yili Kobulga bostirib kirib, Amir Omonulloni hukumatini ag’darib, qudratni egallaydi. To’qqiz oy hukumat tepasida turadi.

Tarixga ko’ra, Habibullo Kalkoniy davrida mamlakat og’ir ahvolga olib kelingan. Xalq qo’zg’oloni Kalkoniyni hokimiyatdan ag'dargan.

Bundan oldin ham “Junbishi Milliy” va Jamiayti Islomiy” partiyalari orasida to’qnashuvlar yuz berib kelgan. Ikki partiya orasida kelishmovchililar uzoq yillarga borib qataladi.

XS
SM
MD
LG