Breaking News

Afg'on askari amerikalik uch mutaxassisni otib o'ldirgan


Afg'onistonda mahalliy havo kuchlarini mashqdan o'tkazgan amerikalik uch mutaxassis Kobul aeroportida otib o'ldirilgan.

Tolibon payshanba kechqurun sodir etilgan bu hujum ortida turganini da'vo qiladi.

Jangarilar Kobul aeroportida ishlagan afg'on askarini yollagan. Askar amerikaliklarga qarata o't ochganu qarshi otishmada o'zi ham o'lgan.

Afg'on harbiylari avval ham AQSh zobitlarini otgan. O'tgan yilning avgustida general Xarold Grin afg'on harbiysining qo'lidan o'lgan edi.

Shuningdek, payshanba kuni Afg'oniston sharqidagi dafn marosimida bir odam o'zini portlatgan. 16 kishi nobud bo'lib, o'nlab fuqaro jarohatlangan. Lag'man viloyatida politsiyachi va yana uch kishi dafn qilinayotgan bo'lgan.

Xalqaro koalitsiyaga hujumlar… Afg’on askarlari tomonidan/"Internal attacks" in Afghanistan
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:54 0:00
Yuklab oling

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG