Kobuldagi restoranga xurujda 21 kishi o'lgan

  • Amerika Ovozi

Portlatilgan restoran oldida, 18-yanvar, 2014

Portlatilgan restoran oldida, 18-yanvar, 2014

Kecha Afg’oniston poytaxtidagi arab restoraniga qilingan hujum 21 kishini hayotdan olib ketgan.

Odatda chet elliklar va boy afg’onlar boradigan bu maskan bomba portlaganida bag’oyat gavjum bo’lgan. Ikki amerikalik, ikki britaniyalik, ikki kanadalik va Xalqaro Valyuta Jamg’armasi xodimi o’lgan. Halok bo’lganlar orasida, shuningdek, BMTning to’rt xizmatchisi ham bor.

AQShning Kobuldagi elchixonasi xurujni qoralab, Tolibonni vahshiylik va buzg’unchilikda ayblamoqda.

“Ular Afg’onistonni orqaga tortmoqda va bu xalq oldinga qadam tashlashini hech ham istamaydi”,- deydi Amerika elchisi Jeyms Kanningxem.

BMT, xususan Bosh kotib va Xavfsizlik Kengashi hamda Xalqaro Valyuta Jamg’armasi ham bu borada AQSh bilan hamfikr.

Guvohlarning aytishicha, bir tolib restoran ichida o’zini portlatgan va ikki jangari o’t ochgan.

Tolibon darhol bu uning ishi ekanini e’lon qilib, hafta boshida Parvon viloyatida harbiylar tomonidan o’ldirilgan odamlari uchun o’ch olayotganini iddao qilgan.

Tolibon so’zlovchisi Zabihulla Muhojid deydiki, “portlatilgan restoranga oddiy afg’onlar emas, bosqinchilar va sotqinlar borar edi”.

BMT Xavfsizlik Kengashi hujum ortida turganlar adolat oldida javob berishi kerak deya bayon qilmoqda.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG