Karzay: AQSh Afg’oniston bilan erishilgan bitimga amal qilmayapti

  • Amerika Ovozi

Bagram bazasi

Bagram bazasi

Afg’oniston prezidenti Hamid Karzay AQShni Bagram bazasidagi qamoqni mahalliy hukumatga topshirishga doir bitimni buzganlikda ayblamoqda.

Kobul yaqinidagi turma sentabrda rasman Afg’oniston ma’murlari zimmasiga o’tgan edi.

Lekin mahalliy sudlar aybsiz deb topgan 70 mahbus hamon panjara ortida; Amerika askarlari afg’onlarni ushlab qamoqqa tashlashda davom etmoqda, deydi Karzay.

Qo’shma Shtatlar biror izoh berganicha yo’q. Bagramda 3 mingdan ziyod odam saqlanmoqda.

Ikki davlat mutasaddilari 2014-yilda koalitsiya ketgach, xavfsizlik bobida hamkorlik yuzasidan muzokara boshlagan.

Amerikaning qancha askari qoladi, ularning roli va qaysi davlat qonunlariga amal qilishi muhokamada.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG