Afg'onistonda terror xurujlari qariyb 20 odamni hayotdan olib ketgan

  • Amerika Ovozi

Kobul ko'chalarida

Kobul ko'chalarida

Kobulda xalqaro koalitsiya kolonnasiga hujum qilingan. NATO 17 xizmatchisidan ayrilgan. Besh nafari amerikaliklar, qolgani mahalliy fuqarolar, biri Kanada askari. Tolibon xuruj uning ishi ekanini tan olmoqda.

Kecha Afg’oniston janubida mahalliy zobit kiyimidagi odam afg’on va xorijiy harbiylarga qarata o’ch ochib, ikki kishini o’ldirgan edi.

NATOning bildirishicha, hujumchi ham otib o’ldirilgan.

Bugun Afg’oniston sharqidagi Kunor viloyatining Asadobod shahrida xavfsizlik idorasi oldida bir ayol o’zini portlatgan. Ayoldan tashqari hech kim halok bo’lmagan, ikki qo’riqchi jarohatlangan.

AQShning Kobuldagi elchisi Rayan Kroker hujumlarni qoralab, "terrorchilarni yanchish qarorida qat'iymiz" deb aytgan. Oxirgi bu qadar qonli kun avgust oyida kuzatilgan edi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG