Afg'onistonda portlash, Pokistonda AQSh havo hujumlari

  • Amerika Ovozi

Panjshir viloyati xavfsizligi iyul oyidan beri afg'on qurolli kuchlari qo'lida. NATO ularga faqat ko'mak ko'rsatadi xolos.

Panjshir viloyati xavfsizligi iyul oyidan beri afg'on qurolli kuchlari qo'lida. NATO ularga faqat ko'mak ko'rsatadi xolos.

Afg’oniston shimolidagi Panjshir viloyatida AQSh harbiy bazasida bir kishi o’zini portlatib, ikki fuqaroini o’ldirgan.

Aslida to’rt odam xuruj qilmoqchi bo’lgan, deydi politsiya. Ikki afg'on qatorida bu jangarilarning hammasi halok bo’lgan.

Tolibon bu uning ishi ekanini tan olib, Panjshirga portlovchi moddalar ortilgan yuk mashinasi yuborganini bayon qilgan.

Shuningdek, Qandahor viloyatida bugun ikki jangari o’lgan. Bomba yasayotganida portlab ketgan.

AQShning uchuvchisiz samolyotlari Pokiston-Afg'oniston chegaraviy hududlarida Tolibon va al-Qoida o'choqlarini anchadan beri nishonga olib keladi

AQShning uchuvchisiz samolyotlari Pokiston-Afg'oniston chegaraviy hududlarida Tolibon va al-Qoida o'choqlarini anchadan beri nishonga olib keladi

Pokiston razvedka xizmatining bildirishicha, Afg’oniston bilan chegarada AQSh havo hujumlaridan to’rt jangari o’lgan.

Janubiy Vaziristonda Tolibonning katta qorg’oni nishonga olingan. Bu Molviy Nodir ismli mahalliy qo’mondonning hovlisi edi, Afg’onistonga kirib xuruj qilayotgan odamlarni shu yetakchi boshqaradi, deydi rasmiylar.

Kecha AQSh havo hujumlari Miron Shohda, Shimoliy Vaziriston markazida, to’rt tolibni o’ldirgan edi. Payshanba kuni esa Haqqoniylar to’dasi mana shunday xurujlarda o’z qo’mondonidan ayrilgan. Haqqoniylar hozir bu hududda AQShga qarshi kurashayotgan asosiy kuchlar.

Vashington peratsiyalar haqida og’iz ochmaydi, lekin Pokiston bilan bu hujumlar yuzasidan kelishib olganini bildiradi.

Pokiston tanqid qilsa-da, havo hujumlari u bilan hamkorlikda olib borilayotgani ma’lum.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG