Afg'oniston va Pokistonda qonli xurujlar

  • Amerika Ovozi

G'aznidagi maktab

G'aznidagi maktab

Afg’oniston sharqida bomba portlab, 12 kishi halok bo’lgan.

G’azni viloyatida ikki mashina yo’lda portlagan. Begunoh fuqarolar nobud bo'lgan, deydi politsiya. Bombani Tolibon qo’ygani taxmin qilinadi, lekin bu harakat hozircha hech narsani tan olmagan.

Afg’onistonda katta, serqatnov yo’llar xavfli hududlar hisoblanadi. Jangarilar ularga portlovchi moddalar qo’yib, xurujlar qilib keladi.

O’tgan yillarda bunday hujumlar ancha kamaygan, lekin bugungisi yo’llar xatarli ekanini yana bir bor isbotladi, deydi rasmiylar.

Pokiston-Afg’oniston chegarasidagi to’qnashuvda 16 jangari va bir askar o’lgan.

Bugun erta tong 200 ga yaqin tolib Afg’onistondan Pokistonga o’tib, harbiy postga hujum qilgan.

Ikki askar jarohatlangan.

Kunar viloyati hokimiyatining bildirishicha Pokiston harbiy vertolyotlari chegarani buzib, bu tarafga o’tgan, to’rt fuqaro halok bo’lgan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG