Kobulda uchrashuvlar, Tolibon esa xurujlarni oshirmoqda

  • Amerika Ovozi

Kobulda uchrashuvlar, Tolibon esa xurujlarni oshirmoqda

Kobulda uchrashuvlar, Tolibon esa xurujlarni oshirmoqda

Bugun Pokistonning Peshovar shahrida Tolibon politsiya boshqarmasiga xuruj qilib, besh kishini o'ldirgan. Ma'lum bo'lishicha, suiqasdchi bomba ortilgan mashinani imoratga urgan.

Ikki kun oldin jangarilar Karachining uch joyini portlatgan edi.

Afg’onistonning sharqiy viloyati Nuristonda Duab tumanining bir qismi hozir Tolibon nazorati ostida.

O'tgan bir necha kun ichida uch politsiyachi va 8 tolib halok bo’lgan.

NATO Hilmand viloyatining Babaji tumanida o’tgan hafta olib borgan harbiy amaliyotda bir yetakchi jangari qo’lga olingan edi.

Tashkilot Bosh kotibi Anders Fog Rasmussen Kobulda Afg’oniston rahbari Hamid Karzay bilan uchrashib, xavfsizlik masalasini muhokama qilgan.

Rasmussen va Karzay Tolibonni qurol tashlab tinchlik yo'lida murosa qilishga chaqirmoqda.

Afg’oniston qo'shni Pokiston hukumatini chegaraviy hududlarda yashiringan terrorchilarga qarshi birga harakat qilishga undamoqda.

Pokiston Tashqi ishlar vaziri Salmon Bashir Kabuldagi uchrashuvda Afg’oniston va AQSh rasmiylari bilan bu borada muloqot qilgan.

NATO Afg’oniston bo’yicha bergan va'dalariga sodiq ekanini bildirmoqda. Jangarilarga qarshi janglarda tinch aholi himoyasi ustuvor vazifa, deydi Anders Fog Rasmussen.

AQSh Afg’onistondagi qo’shinlarini shu yil yozidan boshlab olib chiqa boshlaydi. Nazorat mahalliy armiya zimmasiga o'tadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG