Pokiston Toliboni Afg'oniston shimoliga xavf solmoqda

  • Amerika Ovozi

Kecha Afg'oniston shimoli-sharqidagi Taxar viloyatida yo'l yoqasida bomba portlab, Ashxamish tumani hokimi va uning uch qo'riqchisi o'lgan. Hamidulla Haqjo tumanda xavfsizlik postlarini ko'zdan kechirayotib minaga duch kelgan.

Tolibon so'zlovchisi Zabihulla Mujohid voqea ortida toliblar turganini tasdiqladi.

Shundan bir kun oldin esa yuzlab toliblar janubdagi Hilmand viloyatida bir necha postga hujum qilib, 17 politsiyachini o'ldirgan.

Ichki ishlar vaziri Nurulhaq Ulumiyning aytishicha, shimolda ham jangarilar faollashgan - Badaxshon, Qunduz, Taxar, Faryob va Bag'longa hujumlarda toliblar tarkibida chechen, o'zbek, tojik va boshqa millatga mansub jangarilar harakatlanmoqda. Ular qo'shni Pokistondan qochib o'tgan. Pokiston armiyasi so'nggi bir yildan beri ularga qarshi harbiy amaliyot o'tkazib kelmoqda. Shu kungacha 2800 tolib yo'q qilingan, salkam 350 askar halok bo'lgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG