Karzay pokistonlik imom bilan tortishmoqda

  • Amerika Ovozi

Afg'oniston prezidenti Hamid Karzay va Pokiston Ulamo kengishining raisi Tohir Mahmud Ashrafiy

Afg'oniston prezidenti Hamid Karzay va Pokiston Ulamo kengishining raisi Tohir Mahmud Ashrafiy

Afg’oniston prezidenti Hamid Karzay va NATO Bosh kotibi Anders Fog Rasmussen Pokiston hukumatini jangarilarga qarshi kurashni kuchaytirishga chaqirmoqda. Ular, shuningdek, o’tgan hafta pokistonlik imomning suiqasd xurujlarini qo’llab-quvvatlash haqidagi bayonotini qoraladi. Tohir Mahmud Ashrafiy ko’zga ko’ringan diniy arbob bo’lib, Pokiston Ulamo kengashini boshqaradi.

"Pokistonlik mullalar suiqasd xurujlarini yoqlashini doim bilardik, endi esa ularning o’zidan eshitdik. Islomobod es-hushini yig’ib oladi degan umiddaman", - dedi Karzay.

NATO rahbari Anders Fog Rasmussen nazarida urushda ham suiqasd xurujlarini oqlab bo’lmaydi.

"Pokiston siyosiy va harbiy rahbariyati qo’shni davlat tinchligi Pokiston manfaatiga javob berishini anglashi lozim", - dedi Rasmussen.

Biroq imom Ashrafiy Afg’oniston televideniyesi uning gaplarini noto’g’ri talqin qilganini aytib, suiqasd xurujlarini yoqlamasligini “Amerika Ovozi”ga bildirgan. Ashrafiy o’tmishda jangarilarning bunday taktikasini doim tanqid qilib kelgan.

Pokiston Tashqi ishlar vazirligi bayonot chiqarib, na hukumat, na diniy arboblar xudkush bombachilar tomonida ekanini aytgan. Shu bilan birga, deyiladi bayonotda, Pokiston fuqarolari bildirgan fikr hukumat qarashlari va siyosatini aks ettirmaydi.

Ashrafiy Afg’oniston prezidentidan uzr so’rashni talab qilib, aks holda Tolibonni muzokara stoliga chorlamaymiz, dedi.

Tahlilchilar o’rtada tushunmovchilik bo’lganini tan olmoqda.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG