G'ani Pokistondan jangarilarni haydab solishni so'radi

  • Amerika Ovozi

Toliblar

Toliblar

Afg'oniston rahbarining aytishicha, afg'on toliblari Pokistonda panoh topgan. Islomobod buni rad etib keladi.

Afg'oniston rahbari Ashraf G'ani yana qo'shni Pokistondan jangarilarni haydab solishni iltimos qilmoqda.

"Pokistondan tinchlik so'rayotganimiz yo'q. Faqat jangari to'dalarni o'z hududidan haydasin. Bu jangarilar o'sha yerdan turib Afg'onistonga hujum qilmoqda", - deydi G'ani.

Prezident Polshada NATO sammitida qatnashib, Kobulga qaytgach, jurnalistlar bilan ana shu haqda muloqot qildi. Varshavadagi anjumanda a'zo davlatlar Afg'onistonga harbiy yordam uzatishda davom etishga va'da bergan.

Rasmiy Kobulning ta'kidlashicha, Tolibon rahbarlari Pokistonda o'rnashib olib, Afg'onistondagi jangarilarni boshqarib keladi.

Pokiston so'zda tinchlik haqida gapirsa-da, deydi G'ani, aslida orqadan turib Afg'oniston bilan urush olib borayapti.

Islomobod G'anining da'volarini rad etadi va terrorizmga qarshi kurashda Afg'oniston bilan doim yaqindan ishlab kelganini eslatadi.

Pokiston Bosh vaziri Navoz Sharifning tashqi siyosat bo'yicha maslahatchisi Tariq Fatemiy yaqinda qilgan chiqishida Afg'onistondagi tanazzulga siyosiy yechim topish zaruratini uqtirdi. Kobul va Tolibon muzokara stoliga qaytishi muhim, dedi u.

"Tolibonni yaxshi yomonga ajratayotganimiz, pana qilayotganimiz yo'q", - deydi Fatemiy. "Afg'oniston tinchligi yo'lida murosa jarayonini tezlatish zarur", - dedi u.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG