Afg'onistonda parlament ma'muriyatdan norozi

  • Amerika Ovozi

Abdul Rahim Vardak mudofaa vaziri lavozimidan olindi

Abdul Rahim Vardak mudofaa vaziri lavozimidan olindi

Afg’oniston parlamenti bugun mamlakat mudofaa va ichki ishlar vazirlarini ishgan olgan. Ular talabga javob bermaydi, deyiladi qonunchilar chiqargan qarorda.

Mudofaa vaziri Abrul Rahim Vardak va Ichki ishlar vaziri Bismulloh Muhammadiy prezident Hamid Karzay ishongan arboblar edi.

Karzay u boshliq hukumat Afg’onistonni kelajak sari yetaklay oladi, ya’ni Amerika va xalqaro koalitsiya mamlakatni tark etish arafasida ekan, xavfsizlikni ta’minlashdek nozik vazifani eplay oladi deya ishontirishga harakat qilmoqda.

Lekin poytaxtdagi portlashlar, Pokiston bilan chegaradosh hududlardagi notinchlik va umum beqarorlik sabab, deydi qonunchilar, amaldagi vazirlarga ishonch yo’q. Hukumat o’zgarishi kerak, deydi parlament a’zolari.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG