General Petreus endi Afg’oniston uchun mas’ul emas

  • Amerika Ovozi

Jangarilar faol janubda Tolibonga qarshi hal qiluvchi janglarga mas’ul bo’lgan general endi AQSh Markaziy Razvedka Boshqarmasiga rahbarlik qiladi

Jangarilar faol janubda Tolibonga qarshi hal qiluvchi janglarga mas’ul bo’lgan general endi AQSh Markaziy Razvedka Boshqarmasiga rahbarlik qiladi

AQSh va NATO kuchlarining Afg’onistondagi harakatlariga bosh bo’lgan general Deyvid Petreus iste’foga chiqib, 140 ming sonli xalqaro qo’shinga mas’ul etib tayinlangan general Jon Allen bugun qo’mondonlikni qabul qilgan.

Marosim poytaxt Kobulda o’tdi.

Deyvid Petreus avvalo aholini himoya qilib, ishonchini qozonish siyosatini olg’a surib kelgan.

Afg’onistonda bir yil xizmat qilib, jangarilar faol janubda Tolibonga qarshi hal qiluvchi janglarga mas’ul bo’lgan general endi AQSh Markaziy Razvedka Boshqarmasiga rahbarlik qiladi.

General Jon Allen, NATO va AQShning Afg'onistondagi harbiy missiyasi yetakchisi

General Jon Allen, NATO va AQShning Afg'onistondagi harbiy missiyasi yetakchisi

Ayrimlar nazarida Petreusning ishi samara bermadi. Yuzlab odamlarning yostig’ini quritib, oilalarni vayron qilayotgan xurujlar davom etayapti, deydi ular.

Biroq harbiylar javobi shuki, talofatlar ko’lami kamayib, jangarilar avvalgidan ancha zaif.

AQSh va NATO qo’shinlarining yangi qo’mondoni, general Jon Allen bugun lavozimga kirishar ekan, “Afg’oniston terrorizm va ekstremizmdan xoli, osuda va bexatar diyor bo’lishini xohlayman” dedi.

“Bunga erishish oson bo’lmasligini ham bilaman”, - deydi general.

Bugun Afg’oniston sharqidagi portlashda NATOning uch askari o’lib, alyans shu tariqa oy boshidan beri 37 zobitidan ayrilgan.

Urush og’irini ko’pincha yolg’iz ko’tarib kelgan NATO va Amerika askarlari 2014-yilgacha Afg’onistonni tark etishi kerak.

Shunday ekan, kecha Bomiyon viloyati mahalliy armiya zimmasiga topshirildi. Shu paytgacha, nisbatan osoyishta hudud Yangi Zelandiya askarlari qo’lida edi.

Bomiyon viloyati xavfsizligi Yangi Zelandiya askarlaridan mahalliy armiya zimmasiga o'tdi

Bomiyon viloyati xavfsizligi Yangi Zelandiya askarlaridan mahalliy armiya zimmasiga o'tdi

Amerikalik 100 ming zobitdan 33 ming nafari kelasi bir yilda vatanga qaytishi kerak. Germaniyalik besh ming, fransiyalik to’rt ming hamda britaniyalik to’qqiz ming soldat ham asta-sekin uyga jo’nashi kutilmoqda.

Bu orada yakshanba kuni Kobuldagi xuruj oqibatida prezident Hamid Karzayning maslahatchisi va bir qonunchi nobud bo’lgan.

Rasmiylarning aytishicha, Uruzgon viloyati sobiq hokimi Jon Muhammad Xon va deputat Muhammad Ashim Vatanval yonida bir kishi o’zini portlatgan.

Tolibon so’zlovchisi Zabiulla Mujohidning aytishicha, rasmiylar Amerikaga yon bosgani uchun jazolangan.

O’tgan hafta Qandahorda prezidentning ukasi Ahmad Vali Karzay o’ldirib ketilgan edi.

Kecha, shuningdek, Nangarhor viloyatida 10 tolib yo’q qilingan. Bag’lan viloyatida bir kishi to’y bazmida otishma boshlab, ikki odamni o’ldirgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG