Afg’oniston shimolida bolalar sholdan emlanmoqda

  • Amerika Ovozi

Jahon Sog’liqni saqlash tashkiloti, BMT Bolalar fondi va hamkor idoralar Afg’oniston shimolida poliomiyelit – shol kasaliga qarshi emlash ishlariga kirishmoqda. Qunduz viloyatida uch kunlik tashabbus doirasida 1,5 million bola bu xatarli yuqumli kasallikdan emlanadi.

Afg’oniston shimoli-sharqidagi Qunduz viloyatida yaqin o’rtada faqat bir kishi poliomiyelit bilan og’rigan. Vrachlar xavotiri uchun bu yetarli. Regionda mana 10 yildan oshibdiki, shol qayd etilgan emasdi.

Agar kasal faqat bitta ekan, deb qo’yib qo’ysak, yuqumli xastalik bir zumda tarqaladi, deydi shifokorlar.

Oliver Rozenbauer Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti vakili. Uning “Amerika Ovozi”ga aytishicha, virus aniqlangani zahoti emlashni boshlash kerak.

Kasallik Pokiston bilan chegara yaqinida, qabilaviy hududda qayd etilgan. Chegaradosh hududlar doimo xatarli sanaladi. Odamlar tez-tez qatnaydi, demak virus ham tez tarqalishi mumkin, deydi rasmiy.

Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti 1988-yildan beri sholga qarshi kurashib keladi. O’sha paytlarda infeksiya 125 davlatda 350 ming bolaga yuqqan.

Bugun dunyoning aksariyat qismi poliomiyelitdan xoli. Bu yil taxminan 600 kishi virusga duchor bo’lgan.

Afg’oniston xastalik bilan olishayotgan davlatlardan. Ayniqsa, qonli janglar kechayotgan janubiy viloyatlarda bemorlar ko’p. Pokiston, Hindiston, Nigeriya ham shular jumlasidan.

Oliver Rozenbauer so’zlariga ko’ra, Afg’onistonda emlash ishlari samara bermoqda. Bu orada Qunduz viloyatida vrachlar uyma-uy yurib, bolalarni emlamoqda. Chegarada, shaharlarda davolash punktlari ochilgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG