Afg’oniston parlamenti ichki ishlar vazirini haydamoqchi

  • Amerika Ovozi

Mart oyidan beri Afg'oniston ichki ishlar xizmatining 2700 dan ziyod xodimi (butun boshli politsiyaning ikki foizi) halok bo'lgan yoki jarohatlangan. Bu dahshatli ko'rsatkish, deydi parlament vakillari.

Mart oyidan beri Afg'oniston ichki ishlar xizmatining 2700 dan ziyod xodimi (butun boshli politsiyaning ikki foizi) halok bo'lgan yoki jarohatlangan. Bu dahshatli ko'rsatkish, deydi parlament vakillari.

Qonunchilar G'ulom Mujtaba Patangni bo'shatish masalasini ovozga qo’ydi. Hamid Karzay buni sud hal qiladi, deydi.

Afg’oniston Ichki ishlar vaziri G’ulom Mujtaba Patang xavfsizlik bilan bog’liq ahvol yuzasidan tanqid ostida va parlament uni ishdan bo’shatish tarafdori.

Bugun qonunchilar o'tgan yilning sentabrida ishga kirishgan arbobni chetlatish masalasini ovozga qo’ygan. 136 kishi qarshi, 30 qonunchi esa vazirni yoqlab ovoz berdi.

Avvalgi vazir Bismilloh Muhammadiy ham toliblarga qarshi bo’shanglikda ayblanib, ishdan olingan edi.

Prezident Hamid Karzay Patangni bo’shatish masalasini sud hal qiladi va ungacha vazir lavozimida qoladi, deydi. Jarayon bir necha oyga cho'zilishi mumkin.

Xalqaro koalitsiya Afg’onistonni tark etayapti.

Yurt mudofaasi mahalliy qo’shinlar zimmasiga o’tar, afg'onlar prezident saylovlariga hozirlik ko'rar ekan, Hamid Karzay hukumatni mustahkamlash harakatida.

Professional politsiyachi, pashtulardan bo'lmish Patang 157 ming kishilik politsiya boshida turadi.

U Karzay ma'muriyatining betaraf, xalqaro donorlar bilan aloqasi yaxshi vazirlaridan sanaladi. Patang politsiyani tayyorgarlikdan o'tkazish, ko'ngilli jangchilar yollashda jonbozlik ko'rsatdi.

Shu bilan birga, qonunchilar nazarida u ishini eplay olmadi, toliblar hujumlarini qaytarishga, korrupsiyaga qarshi kurashishga ojizlik qildi. Vazir parlament bilan hisoblashmay keldi, deya norozi deputatlar.

Mart oyidan beri mamlakat ichki ishlar xizmatining 2700 dan ziyod xodimi (butun boshli politsiyaning ikki foizi) halok bo'lgan yoki jarohatlangan. Bu dahshatli ko'rsatkish, deydi parlament vakillari.

Patangning izohi shuki, Shimoliy Atlantika harbiy bloki, NATO Afg'onistondan chiqib ketayotgan bir paytda talofatlar bo'lishi muqarrar.

157 ming kishilik politsiya astoydil kurashmoqda, o'zini ayamay jang qilmoqda, holbuki, armiya ham ishning og'irini teng ko'tarishi kerak, deydi u.

G'ulom Mujtaba Patang, 157 ming kishilik politsiyaga bosh vazir, qonunchilar nazarida ishiga munosib emas.

G'ulom Mujtaba Patang, 157 ming kishilik politsiyaga bosh vazir, qonunchilar nazarida ishiga munosib emas.


O'z navbatida, rasmiy qonunchilar tanqidini qisman siyosiy fitna deb biladi. Vazirlik ishiga aralashgan yoki noqonuniy iltimos bilan murojaat qilgan deputatlar haqida Karzay ma'muriyatini xabardor qilganim uchun qasos olishmoqda, deydi u.

Patang fikricha, Afg'oniston Ichki ishlar vazirligi motori ishdan chiqqan eski avtomobilni eslatadi. Mahalliy va xorijiy yordam tubsiz quduqqa tushib ketayapti, sistema ishdan chiqqan, deydi vazir.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG