Afg'onistonda prezident poygalari oldidan partiyaviy ittifoq tuzildi

  • Amerika Ovozi

Prezident saylovlari 2014-yilning 5-apreliga rejalangan. Shu yili NATO boshliq xalqaro qo’shinlar ham mamlakatdan chiqishi kerak.

Prezident saylovlari 2014-yilning 5-apreliga rejalangan. Shu yili NATO boshliq xalqaro qo’shinlar ham mamlakatdan chiqishi kerak.

Afg’onistonda prezident poygalari arafasida muxolifat Saylov ittifoqini tuzgan. Shimolda o’zbeklar a'zo Milliy islomiy harakat ham ittifoq tarkibida. 15 dan oshiq muxolif partiyalarni birlashtirgan blok saylovda yagona nomzod bilan qatnashmoqchi.


Muxolifat Kobulda Saylov ittifoqi tuzganini e’lon qilishdan oldin Germaniyada konferensiya o’tkazgan edi. Afg’on siyosiy doiralari, xalqaro ekspertlarni to’plagan anjumanda mamlakatda boshqaruvni isloh qilish, saylov va Afg’oniston kelajagi muhokama qilingan.

Myunxen konferensiyasi tashkilotchisi, Milliy islomiy harakat vakili, doktor Abdulla Rahimiy so'zlariga ko’ra, ko’pmillatli bu davlat uchun boshqaruvning amaldagi, prezidentlik usuli ish bermayapti.

"O’tgan 11 yilda sistema xalq manfaatlariga javob bermadi. Afg’onistonda barqarorlik bo’lishi uchun xizmat qilmadi. Shuning uchun ham boshqa sistemaga o’tish lozimligi haqida gapirildi. Xususan, parlament boshqaruvi joriy etish haqida. Lekin biz bu yig’inda Federal boshqaruv usulini muhokama etganimiz yo’q", - deydi Rahimiy.

Bu muhokamalardan alohida, partiyalar prezident saylovlariga tayyorgarlikni boshlagan.

"29-avgustda 15 partiyani jam etgan koalitsiya tuzildi. Ular jumhuriyat boshlig'i sifatida faqat bir kishini nomzod qilishga kelishgan. Hozircha nomzod kimligi ma’lum emas, biroz vaqtdan keyin e’lon qilinadi. Ittifoq ichida o’zbeklar, tojiklar, hazoralar va hatto pashtular, sho’royi arablar, turkman sho’rolari ham bor", - deydi Rahimiy.

O’tgan saylovlarda mahalliy o’zbeklarning ko'pi Hamid Karzay uchun ovoz bergani kuzatilgan edi. Doktor Rahimiyga ko’ra, Karzay davri o’zbeklar ichonchini oqlamadi. Tinchlik, barqarorlik, tenglik haqidagi orzular puchga chiqdi. Pashtulardan boshqa barchaning - o'zbeklar, tojiklar, hazoralarning manfaatlaari unutildi.

"Albatta, biz kelishuvga borgan edik, o’rtada protokollar ham imzolangan edi. Ammo bu kelishuv o’zbeklar tomonidan emas, Karzay tomonidan buzildi. Bizga berilgan va'dalar amalga oshmadi. Bunday kelishuvga borgan koalitsiyada faqat o’zbeklar emas, hazoralar, tojiklar ham bor edi. Bugun biz xalqimiz manfaatlaridan kelib chiqqan holda boshqa bir koalitsiyaga kirdik. Bu blok juda katta, Afg’oniston ahlining 60 foizini tashkil etuvchi katta bir kuchdir", - deydi u.

Prezident saylovlari 2014-yilning 5-apreliga rejalangan. Shu yili NATO boshliq xalqaro qo’shinlar ham mamlakatdan chiqishi kerak.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG