AQSh e’tiroziga qaramay, Afg’oniston mahbuslarni ozod qiladi

  • Amerika Ovozi

Nangarhordagi qamoqxona

Nangarhordagi qamoqxona

Afg’oniston rasmiylari Amerika hukumatining e’tiroziga qaramasdan 72 mahbusni ozod qilmoqchi.

Davlat departamenti matbuot kotibi Jen Psakining aytishicha, jangari bu shaxslar Afg’oniston xavfsizligiga tahdiddir. Ularni tergovsiz, sudsiz qo’yib yuborish xato bo’ladi, deydi Amerika mulozimlari.

Afg’oniston prezidenti Hamid Karzayning aytishicha, 88 mahbusning ishi diqqat bilan ko’rib chiqilgan va aksariyatiga qo’yilgan ayblov asossiz ekani aniqlangan.

Qo’shma Shtatlar mutasaddilari esa bu odamlar koalitsiya askarlari va afg’onlar o’limi uchun javobgar, deydi.

Bu xabar Amerika-Afg’oniston orasini yanada taranglashtirishi kutilayapti. Davlatlar xavfsizlik bo’yicha bitimni hali ma’qullagani yo’q.

Hujjat joriy yildan keyin AQSh qo’shinlari mamlakatda qolish-qolmasligini hal qiladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG