Afg'onistonda "Islomiy davlat" to'dasiga qarshi namoyish

  • Amerika Ovozi

Afg'onistonning Nangarhor viloyatidagi jangchi guruhlar.

Afg'onistonning Nangarhor viloyatidagi jangchi guruhlar.

Afg'onistonning Jalolobod shahrida yuzlab odamlar namoyishga chiqib, Nangarhor viloyatida "Islomiy davlat" nomli jangari guruhiga qarshi keskin harbiy choralar ko'rishni talab qildi.

Namoyishchilar "Islomiy davlat" va Tolibonga qarshi shiorlar bilan chiqqani aytiladi. Ular nazarida hukumat bu guruhlarni mag'lub etish uchun yetarli tadbir ko'rmayapti.

Odamlarning kallasini olishlarga ortiq toqat qilmaymiz, deydi namoyishchilardan biri "Amerika Ovozi" bilan suhbatda. Tolibonmi, "Islomiy davlat"nmi, yutrimizdan yo'qolsin, deydi u.

Jangarilar Nangarhor viloyatining har xil tumanlaridan faoliyat yuritib kelayapti. Ular yuritayotgan sakkiz qamoqxonada taxminan 300 asir borligi ma'lum.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG