Afg’oniston ahli: Qur’onni nega yoqishadi?

  • Amerika Ovozi

Voqea tafsilotlari ma’lum emas, biroq taxminlarga ko’ra, Kobuldagi Bagrom harbiy havo bazasida NATO zobitlari Qur’on va islomning boshqa muqaddas kitoblarini yondirishga harakat qilgan.

Voqea tafsilotlari ma’lum emas, biroq taxminlarga ko’ra, Kobuldagi Bagrom harbiy havo bazasida NATO zobitlari Qur’on va islomning boshqa muqaddas kitoblarini yondirishga harakat qilgan.

Afg’onistonda NATO, Shimoliy Atlantika Bitimi Tashkiloti qo’shinlariga qarshi namoyishlarning ikkinchi kunida politsiya yuzlab odamlarga qarata o’t ochib, kamida yetti kishini o’ldirgan.

Fuqarolar shikoyati shuki, xalqaro koalitsiya zobitlari Qur’on nushalarini yoqmoqchi bo’lgan, biroq vaqtida afg’on askarlari tomonidan to’xtatib qolingan.

Rasmiylarning aytishicha, ikki kun ichida poytaxt Kobul, Parvon va Jalolobod shahridagi otishmalarda o’nlab odam jarohatlangan. Kobulda aholi “Amerikaga o’lim” deya hayqirib, politsiyaga tosh otgan, mashina va binolarga o’t qo’yib, ko’chalarni to’sgan.

AQShning Afg’onistondagi elchixonasi vaqtincha yopilib, xodimlar xavfsizligi oshirilgan. Xalqaro koalitsiya qo’mondoni, Amerika generali Jon Allen afg’on xalqidan kechirim so’rab, voqeani tergov qilishga buyurgan.

“Ishontirib aytamanki, bu ataylab qilingan ish emas. Afg’oniston prezidenti, Islomiy respbulika hukumati va eng muhimi, afg’on ahlidan bu haqorat uchun uzr so’rayman”, - dedi general Allen.

Voqea tafsilotlari ma’lum emas, biroq taxminlarga ko’ra, Kobuldagi Bagrom harbiy havo bazasida NATO zobitlari Qur’on va islomning boshqa muqaddas kitoblarini yondirishga harakat qilgan. Bazaning afg’on xizmatchilari ularni to’xtatib qolgani aytiladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG