Salohiddin Rabboniy Tolibon bilan muzokaraga bosh bo'ladi

  • Amerika Ovozi

Salohuddin Rabboniy (o'rtada) - Jamiyati-Islomiy partiyasi yetakchisi

Salohuddin Rabboniy (o'rtada) - Jamiyati-Islomiy partiyasi yetakchisi

Afg’onistonda prezident Hamid Karzay Tolibon bilan tinchlik muzokaralariga boshchilik qilish uchun Salohiddin Rabboniyni tanlagan. U, o’tgan yili o’ldirilgan bosh muzokarachi, sobiq prezident Burhoniddin Rabboniyning o’g’li.

Salohiddin Rabboniy ayni damda Turkiyada elchilik qiladi.

Tolibon 1996-yilda hokimiyatga kelmasdan avval Burhoniddin Rabboniy Afg’oniston Islomiy Respublikasi rahbari edi. Karzay bilan azaliy ittifoqchi bo’lgan, Tolibonga qarshi birga kurashgan.

2011-yilning sentabrida sallasining ichiga bomba yashirgan kishi uning oldiga kelib o’zini portlatgan.

Karzay deydiki, Rabboniy Tolibon bilan til topisha oladigan usta siyosatchi edi. Undan saboq olgan o’g’li bu ishni eplay oladi, deya ishonch bildirmoqda prezident.

Amerika bu muzokaralarni quvvatlaydi, ammo shartlar qat’iy. Tolibon avvalo Afg’onistondagi demokratik tuzum va bosh qomusni tan olishi kerak.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG