AQSh-Afg'oniston xavfsizlik bitimi kelasi hafta imzolanishi mumkin

  • Amerika Ovozi

Afg'oniston rahbariyati

Afg'oniston rahbariyati

Obama ma'muriyati Afg'oniston yangi prezidenti Ashraf G'ani AQSh bilan xavfsizlik bitimini kelasi hafta imzolashiga umid qilmoqda.

Davlat departamenti rasmiysining jurnalistlarga aytishicha, hujjat uning qasamyod marosimidan so'ng imzolanishi mumkin. Bitim askarlarini shu yil oxirigacha Afg'onistondan chiqarishni ko'zlayotgan Qo'shma Shtatlarga 10 ming nafarini qoldirishga ruxsat beradi.

Iste'foga chiqayotgan prezident Hamid Karzay o'tgan yili AQSh Davlat kotibi Jon Kerri bilan muzokaralar chog'ida shunga kelishgan edi, ammo bitimni imzolashdan bosh tortgan. O'sha paytda saylovlarga tayyorgarlik ko'rayotgan Ashraf G'ani va uning raqibi Abdulla Abdulla g'alaba qilishsa, hujjatni tasdiqlashini bildirgan edi.

Karzayning aytishicha, Qo'shma Shtatlar Afg'onistonda tinchlik bo'lishini istamaydi. Biroq AQShning Afg'onistondagi sobiq elchisi Rayan Krokerning aytishicha, mamlakatdagi urushdan Karzay ham foyda ko'rgan va u buni yaxshi biladi tan olmasa-da.

"Qo'shma Shtatlar 11-sentabr xurujlarini rejalagan odamlarni jazolash uchun urushni boshlagan. Afg'oniston barqarorligi va tinchligini istagan afg'on rahbarlari terrorchilarga qarshi kurashda biz bilan hamkorlik qilgan", - deydi Kroker.

Unga ko'ra, Karzayning Qo'shma Shtatlardan ko'ngli to'q bo'lmasa-da, mamlakat tinchligi yo'lida AQSh bilan birgalikda harakat qilishga majbur bo'lgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG