Afg'onistondagi o'zbek yoshlar: Sport bobida ko'makka muhtojmiz


Kobuldagi sport zallarida

Kobuldagi sport zallarida

Afg’onistonda sportga qiziqish katta lekin jismoniy tarbiya va musobaqalarni quvvatlaydigan loyihalar juda kam. Mavjud imkoniyatlar sporchilarni qoniqtirmaydi.

Alovuddin G’ulomiy - Juzijon viloyatidagi shaxsiy sport klublardan birining rahbari. 55 kishilik jamoaga murabbiylik qiladi. Uning aytishicha, yoshlarning ishtiyoqi kuchli lekin bugun sport sohasidagi yutuqlarning barchasi faqat shaxsiy tashabbuslar mahsulidir.

“Hukumat sportga hech qanday tavajjuh (yordam) qilmaydi. Bizning Shibirg’ondagi shu klubimizni hech bir rasmiy kelib ko’rmagan. Federatsiya mas’ullaridan hech biri aylanib ham kelmagan. Klublarni kelib ko’rish, tekshirish ularning vazifasidir”,- deydi Alovuddin G’ulomiy.

Moliyaviy muammolar sabab ko’plab inshootlar yopilgan. Hukumat ko’mak ko’rsatmaydi, deydi murabbiy.

Yoshlar musobaqalarda qatnasha olmaydi. Viloyatdan tashqari yoki xorijiy musobaqalarga borishga ko’pchilikning qurbi yetmaydi.

“Qariyb bir yarim yil klubimizni yopib qo’ydik. Milliy jamoadagi sportchilar va viloyatlardagi musobaqalarda birinci o’rinni egallagan sporchilar iltimosi bilan qayta ochdik”,- deydi G’ulomiy.

Sportchi Shahriyor boshqa yoshlarni ham shug’ullanishga undaydi. Hukumat befarq bo’lsa ham odamlar bir-biriga tayanishi kerak, deydi u.

“Men shu klubda bir yarim yildan beri mashq qilaman. Hukumat bizga hech qanday yordam bermagan. Rasmiylar klublarga kelib yoshlarni undashi zarur.Yoshlar olg’a siljishni xohlaydi. Hukumat hamkorlik qilsa ichki va tashqi musobaqalarga ham ishtirok qila olamiz”,- deydi Shahriyor.

“Bizning mashqlarimizda kamchilik yo’q, hammasi standart-me’yorlarga barobar. Xorijiy musobaqalarda qatnasha olmaganimizning sababi faqat sponsorimiz yo’qligi”, - deydi o’zini Qalamiddin deb tanishtirgan yigit.

Davlat bu sohaga e’tiborni kuchaytirib, imkoniyatlarni yaratib bersa, sportdagi yutuqlar bir necha barobar oshishi tabiiy hol, deydi murabbiylik, chunki yoshlarning salohiyati kuchli, ular tirishqoq.

XS
SM
MD
LG