Afg’onistonning Maymana shahrida portlash, o’lganlar bor

  • Amerika Ovozi

Faryobda portlash. "Facebook"dan olingan surat.

Faryobda portlash. "Facebook"dan olingan surat.

Bugun Afg’oniston shimolidagi suiqasd xuruji kamida 15 odamni hayotdan olib ketgan. Voqea Faryob viloyati Maymana shahridagi gavjum bozorda ro’y bergan.

Viloyat hokimi Muhammadulla Batashning aytishicha, jarohat olganlar 40 odam.

Xuruj kimning ishi ekani hozircha ma’lum emas.

5-aprelga belgilangan prezident saylovlari yaqinlashar ekan, Tolibon zo’ravonliklarni avj oldirishga do’q-po’pisa qilgan.

Jangarilar aholiga saylovga chiqmaslikni aytib, aks holda nobud bo’lasiz, deya ogohlantirmoqda.

Yil oxirigacha xalqaro qo’shinlar Afg’onistonni tark etishi kutilmoqda. Kuzatuvchilar so’zlariga ko’ra, yangi prezident tashqi harbiy madadsiz toliblarga teng kelishi qiyin bo’ladi.

AQSh askarlarning bir qismini qoldirishni taklif qilmoqda, biroq prezident Hamid Karzay hozircha bunga ruxsat beruvchi bitimni imzolamayapti.

Prezidentlikka da’vogarlarning aksariyati, saylansa, AQSh bilan xavfsizlik shartnomasini imzolashini aytgan.


Faryob, Maymana.

Faryob, Maymana.

Maymana, Faryob.

Maymana, Faryob.


Maymana, Faryob.

Maymana, Faryob.

Faryobda xuruj.

Faryobda xuruj.


Faryobdagi xuruj ketidan.

Faryobdagi xuruj ketidan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG