Tolibon sud binosiga hujum qilib, olti kishini o'ldirdi

  • Amerika Ovozi

Tolibon Afg'oniston sharqidagi G'azni shahrida sud binosiga hujum qilib, besh oddiy fuqaro va bir politsiyachini o'ldirgan.

Xudkush bombachilardan biri bino tashqarisida o'zini portlatgach, qurollangan uch shaxs ichkariga kirgan. Bir soatcha davom etgan otishmada hujum uyushtirganlarning barchasi politsiya tomonidan o'ldirilgan.

Balx viloyatida yuz bergan boshqa bir hujumda politsiyaning yetakchi rasmiylaridan biri halok bo'lgan va yana to'rt politsiyachi yaralangan. Ularning avtomobili yo'l chetidagi bombada portladi.

Har ikki hujum uchun mas'uliyatni Tolibon o'z zimmasiga oldi.

Afg'onistonda isyonchi guruh sud rasmiylarini tez-tez nishonga olib turadi. Aprel oyida yuz bergan va 64 odamning o'limiga sabab bo'lgan xurujda ayblanib, Tolibonning olti a'zosi o'tgan oy osib o'ldirilgach, guruh hujum tahdidini yanada oshirgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG