Afg’on politsiyasi qiynoqlarni qo’llashda davom etmoqda

  • Amerika Ovozi

Afg’onistonda o’tkazilgan tergov xulosasiga ko’ra, islohotlar haqidagi va’dalarga qaramay, mahalliy politsiya va va xavfsizlik xizmati mahbuslarni qiynoqqa solishda davom etmoqda.

Biroq ikki haftalik tekshiruv boshida turgan rasmiy, Abdul Qodir Adolatxva BMTning qiynoqlar muntazam ravishda qo’llanadi, degan da’vosini rad etmoqda.

Uning aytishicha, savol-javob qilingan mahbuslarning yarmi, haqiqatan, qiynoqlardan o’tgani, hatto advokat bilan ta’minlanmaganidan shikoyat qilgan.

Kaltaklash, kamsitish, do’q-po’pisa qilishlar odatiy hol.

BMT hisoboti yanvarda chop etilgan va unga ko’ra, tok bilan qiynash, tinimsiz do’pposlashlar sistematik ravishda qo’llanadi.

BMT ekspertlari qamoqda, jumladan, 105 bola bilan ham suhbat o’tkazgan.

Shulardan 80 nafari qiynoqqa solingan yoki tahqirlangan, deyiladi hisobotda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG