Afg'on zobitlar chet ellik askarlarni otib o'ldirgan

  • Amerika Ovozi

Afg’onistonda kecha olti amerikalik harbiy otib o’ldirilgan.

Kecha ertalab mahalliy politsiya boshlig’i Hilmand viloyatida uch maxsus xizmatchini uyiga tanovulga taklif qilgan, mehmonlar yetib kelishini bilanoq ularni o’qqa tutgan. Qochishga ulgurgan politsiyachi hozir Tolibon safiga qo’shilganini aytmoqda.



Juma kuni kechqurun esa xuddi shu viloyatda NATO bazasida mahalliy ishchi uch askarni o’tib tashlagan.

Bu hafta koalitsiya uchun qonli kechdi. Seshanba va payshanba kunlari ham chet ellik zobitlar mahalliy kuchlar tomonidan nishonga olingan edi.

Bu yili yuqoridagi kabi hujumlarda 34 xorijiy askar o’ldirildi. Xalqaro koalitsiya qo’mondonlari deydiki, bu holatlar butun afg’on xalqining munosabatini aks ettirmaydi.

Askarlarning askarlarga xuruj qilishi ortida Tolibon turibdi, deydi ular. Ko’p hollarda hujumchilar harbiy kiyimdagi jangarilar.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG