Afg'onistonliklar Turkiya hukumatini qo'llab namoyish o'tkazdi


Afg’onlar Turkiyada davlat to’ntarishini amalga oshirishga bo’lgan urinishni qoralamoqda.

Afg’onistonning Shibrig’on shahrida uyushtirilgan namoyishda yuzlab odam ishtirok etdi. Namoyishchilar Turkiyada bir guruh harbiylar qo'l urgan davlat to’ntarishini qoralab chiqdi. Demokratik yo’l bilan saylangan hukumatni to’ntarish milliy xiyonat hisoblanadi, deydi ular.

Namoyishda davlat odamlari, ulamolar, ayollar, oddiy odamlar qatnashdi.

"Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdog’an Islom dini homiysidir. Turkiya davlatini to’ntrishga urinish, ya’ni islomiy hukumatga qarshi isyon, islomga qarshi isyon", - dedi qatnashganlardan biri.

Odamlar “Yashasin Afg’on-Turk do’stligi”, “Yashasin Turkiya”, "O’lim Turkiya dushmanlariga” shiorlari bilan ko’chlarni aylandi.

Namoyishchilardan G’ulom Saxiy Subhoniyning aytishicha: “Turkiya xalqi hukumatni quvvatlab yaxshi qaror qabul qildi. Bu butun dunyo uchun o’rnak-misol bo’ldi. Afg’onlar ham to’ntarishlar qurboni bo’lgan xalqdir. O’sha to’ntarishlar Afg’onistonni shunday og’ir ahvolga olib kelgan”.

Namoyishchilar Turkiya xalqi shijoatini olqishlab, voqea natijasida qubon bo’lganlar ruhiga duo qildi.

Shibirg’onda Turkiya Respublikasi elchisi Muzaffar Oq Yildirim bu mamlakat xalqi tomiodan Afg’on xalqiga minnatdorchilik bildirdi.

“Dastaklar uchun rahmat” dedi u.

XS
SM
MD
LG