AQShning yangi elchisi Kobulda qasamyod keltirdi

  • Amerika Ovozi

2002 yilda Kobulda Amerika elchixonasini qayta ochgan, Iroq va Pokistonda elchi bo'lgan Kroker urush nima ekanini yaxshi biladi

2002 yilda Kobulda Amerika elchixonasini qayta ochgan, Iroq va Pokistonda elchi bo'lgan Kroker urush nima ekanini yaxshi biladi

Qo’shma Shtatlar uchun Afg’onistondan shosha-pisha ketishga hojat yo’q, deydi Amerika yangi elchisi, tajribali diplomat Rayan Kroker.

Bugun Kobulda qasamyod keltirgan Krokerning aytishicha, Afg’onistonda doimiy bazalar ochishga ham zarurat yo’q.

Kelasi yil yozgacha amerikalik 33 ming zobit vatanga qaytishi kerak. O’tgan hafta NATO nazorati ostidagi yetti viloyat mahalliy armiya qo’liga o’tgan.

Rayan Kroker avval Pokiston va Iroqda elchilik qilgan va endilikda iste’foga chiqqan Karl Aykenberri o’rnini egalladi.

2002 yilda Kobulda Amerika elchixonasini qayta ochgan Kroker urush nima ekanini yaxshi biladi.

“2014 yilda xalqaro qo’shin Afg’onistondan ketgach, Tolibon yana hokimiyatga kelishiga yo’l qo’ymaymiz”, - deydi u.

Bugun Afg’oniston sharqida NATOning vertolyoti qulagan. Qutqatishga borgan askarlar jangarilar hujumiga uchragan.

Biroq alyans kuchlari ekipaj a’zolarini olib chiqishga muvaffaq bo’lgan.

G’arbdagi otishmada esa NATOning bir askari o’lgan.

Janubdagi Hilmand viloyatida xalqaro koalitsiya adashib besh bolani jarohatlaganini aytmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG