Jo Bayden Afg’onistonda, uzoq yillik yordam va'da qilmoqda

  • Amerika Ovozi

Vitse-prezident ta’rificha, Qo’shma Shtatlar toliblarga qarshi kurashda qo’li baland kelmoqda, ammo bu g’alaba hali juda mo’rt. Uni mustahkamlash uchun qattiq ishlash kerak, deydi Bayden.

Vitse-prezident ta’rificha, Qo’shma Shtatlar toliblarga qarshi kurashda qo’li baland kelmoqda, ammo bu g’alaba hali juda mo’rt. Uni mustahkamlash uchun qattiq ishlash kerak, deydi Bayden.

AQSh vitse-prezidenti Jo Bayden bugun Afg’onistonda prezident Hamid Karzay bilan uchrashgan. “Harbiy missiya tugagach ham Afg’onistonni qo’llashda davom etamiz”, - deydi Bayden.

Jo Bayden harbiy harakatlar saramasini ko’zdan kechirmoqda.

Amerika askarlari joriy yil Afg’onistonni tark eta boshlaydi. 2014 yilda jarayon nihoyasiga yetib, xavfsizlik butunlay afg’on armiyasi zimmasiga o’tishi kerak. Tayyorgarlik ishlari yaxshi ketmoqda, deydi Bayden.

Kobulda prezident Karzay bilan muloqotdan so’ng so’zlagan Bayden maslahat- treyning va gumanitar yordam oqimi uzilmaydi, dedi.

AQSh vitse-prezidenti Kobulda xalqaro koalitsiya qo’mondoni, general Deyvid Petreus va Amerika elchisi Karl Aykenberri bilan gaplashdi.

Baydenning aytishicha, AQSh Afg’onistonni boshqarish yoki unga aql o’rgatish niyati yo’q. Chunki afg’on xalqi buni o’zi ham binoyiday eplaydi, deydi vitse-prezident.

Prezident Barak Obama o’tgan yilning dekabrida Kobulga borgan edi. Ammo ob-havo yomon bo’lgani bois prezident Hamid Karzay bilan ko’risha olmagan. Baydenning tashrifi Afg’onistonda AQSh roli o’zgarayotgan muhim pallaga to’g’ri keldi, deydi Oq Uy rasmiylari.

Vitse-prezident ta’rificha, Qo’shma Shtatlar toliblarga qarshi kurashda qo’li baland kelmoqda, ammo bu g’alaba hali juda mo’rt. Uni mustahkamlash uchun qattiq ishlash kerak, deydi Bayden.

Koalitsiya qo’shini kecha Afg’oniston sharqida al-Qoidaga aloqador Haqqoniy guruhi yetakchilaridan biri Mirvois Sobiriy va ikki jangarini o’ldirgan.

Oy boshida Kunar va Qunduz viloyatlarida ikki yirik tolib yo’q qilingan edi. Yana biri qo’lga tushgan.

O’tgan yakshanba esa Dayqundi viloyatida tungi otishmada uch afg’on askari halok bo’lgan. Operatsiyani xalqaro koalitsiya o’tkazgan, deydi rasmiylar. NATO tergov boshladik, demoqda.

O’tgan hafta Qo’shma Shtatlar Afg’oniston janubiga qo’shimcha 1400 askar jo’natishga qaror qilgan edi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG