AQSh prezident saylov kampaniyasida demokrat nomzod Hillari Klinton va respublikachi nomzod Donald Tramp Afg’onistondagi vaziyat va bu davlat kelajagi xususida deyarli to’xtalmadi.

Afg’onlar nazarida Tramp musulmonlarga qarshi. Amerikaga muhojir bo’lib borayotgan yoki borishni xohlaydiganlar ko’p. Tramp esa terrorga aralashgan mamlakatlardan musulmonlarni Amerikaga kiritmaslik kerak deb keladi.

“Klinton xonim yutsa bizga ma'qul, Donald Tramp musulmonlarga umuman qarshi. U saylov kampaniyalarida doim musulmonlarni yomonladi va ularga qarshi so’zlab kelgan”,- deydi Abdulhay degan afg’on.

Ba’zilari nazarida esa Amerika Qo’shma Shtatlarining xorijiy davlarga nisbatan strategiyasi o’zgarmasligi mumkin.

“Janob Obama xorijiy davlatlar bilan qanday yondashgan bo’lsa, Klinton ham xuddi o’sha siyosatni olib boradi”,- deydi Murtazo Rahimiy ismli yigit.

Ba’zilar esa har ikkalla nomzodning Afg’oniston bo'yicha aniq rejasi yo’q degan fikrda.

“Hillari Klinton va Donald Tramp Afg’oniston borasida hecha narsa demadi. Afg’onistonning kelajagi va taqdiri Amerika va uning bo’lajak rahbari bilan bog’liq. Lekin Afg’onistonni eslashmadi",- deydi Favziya Aziziy.

Afg’on ayollari orasida Klintonga ijobiy qaraydiganlar ko’p.

“Kilinton AQShda rahbar bo'lsa, afg’on ayollari, ayniqsa siyosatchi ayollar uchun yangi bir sahifa ochilishi mumkin. Amerikada ham qiyinchilik bo’lgan. Kilinton ham ko’p qiyinchiliklar bilan bunday bir pog'onaga erishgan bo’lsa kerak”,- deydi siyosatchi Soyra Shikib.

XS
SM
MD
LG