AQSh qo'shinlari ko'payishi Afg'oniston tinchligi uchun xizmat qiladimi?

  • Amerika Ovozi

Jalolobod, Afg'oniston

Vashington Afg’onistondagi qo’shinlar sonini oshirishi mumkin. Kobul nazarida jangarilarga qarshi operatsiyalarni kengaytirish lozim. Lekin, deya qayd etadi tahlilchilar, mamlakatda barqarorlikni ta’minlash uchun boshqa ko’plab muammolarga ham qarshi kurashish zarur.

AQSh ayni damda Afg’onistonda qariyb to’qqiz ming harbiyga ega. Ular NATO safida xizmat qiladi. Boshqa davlatlardan ham yangi askarlar kelishi kutilmoqda. AQSh jo’natayogan zobitlar harbiy amaliyotlarda qatnashmaydi, afg’on harbiylariga yordam-maslahat berish bilan shug’ullanadi.

“Terroristlarning qayerda ekani, ularni kim quvvatlayotgani, markazlari qayerda joylashgani, hammasi aniq. Jangarilarga qarshi kurash samaradorligini oshirish uchun ularni siquvga olish kerak”,- deya bildiradi Afg’oniston prezidenti so’zlovchisi Navoxon.

Afg’on expertlariga ko’ra, mamlakat harbiylarini har tomonlama quvvatlash kerak.

“Yaxshi natija berishi mumkin bo’lgan havo hujumlari, siyosiy-iqtisodiy kabi usullardan foydalanish kerak. Isyonchilarga qarshi jiddiy kurashish lozim”,- deydi tahlilchi Muhammad Musin Muxtor.

“Ular Afg’on harbiylariga yordam berib, vatanimiz harbiylari bilan yonma-yon ishlasa foydali bo’lishi mumkin”, - deydi Ismoil ismli afg’on.

Lekin xorijiy askarlar soni oshirilishiga qaramay mamlakatda baribir tinchlik qaror topmaydi deya fikrlaydiganlar ham ko’p.

“Urus ortida ham, sulh ortida ham Amerika turibdi”, - deydi Juzjon universitetidan Muhammad Basir Muqimiy.

“Afg’onistondagi urush qariyb 50 yildan beri davom etmoqda. Mamlakatdagi urushdan mintaqa va jahon davlatlari foydalanmoqda. Afg’onistonda 100 mingga qadar xorijiy askar ham keldi, urush tugamadi. Bu besh ming askar bilan ham urush tugashi mumkin emas”,- deydi Muqimiy.

Suhbatdosh fikricha har bir davlat o’z manfaatini o’ylaydi. AQSh ham o’z manfaatlarini himoya qilishga urinmoqda.

“AQSh maqsadiga erishguncha Afg’onistonda qoladi. Lekin kuni kelib Rossiyadek Afg’onistonni yolg’z qoldirib, tashlab ketadi. Bunday bir sharoitda afg’onlar tushunishi kerak, oyoqqa turishga harakat qilishi zarur”,- deydi Muqimiy.

Tahlilchi nazarida, xoriiy askarlarga sarflanayotgan mablag’ afg’on harbiylari himoyasi uchun sarflanganida ko’proq natija berishi mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Fikringiz

XS
SM
MD
LG