O'zbekchani o'rganayotgan afg'onlar: til bilgan el biladi


Afg'onistonda taxminan to'rt million o'zbek yashaydi. O'zbekcha mamlakatdagi rasmiy tillardan biri.

Afg'onistonda taxminan to'rt million o'zbek yashaydi. O'zbekcha mamlakatdagi rasmiy tillardan biri.

Afg’onistonning bir necha viloyatlaridagi bilim maskanlarida o’zbek tili va adabiyoti o’qitiladi. Juzijon universiteti ham shunday dargohlardan biri. O’zbek tili bo’limlarida boshqa elatlar vakillarini ham ko'rasiz, masalan, pashtun va tojiklarni. Talabalar o’zbek tili va adabiyotini tanlab xato qilmaganlarini aytishadi. Rasmiy tillarni o’rganish zarur, deydi ular.

“Universitetga kirganimizning birinchi kunlar juda qiyin kechdi, chunki men o’zbek tili bilan avvaldan tanish emas edim. O’sha kunlar juda umidsiz bo’ldim. Lekin ustozlarimiz undadi, o’zim ham ko’p zahmat chekdim. O’zbek tilini o’rgandim”, - deydi Sadaf Hakimiy degan talaba.

Mavluddin Hayot esa universitetni go’zal damlar deya ta'riflaydi. Uning kursdoshi Muriya Murodiy esa shunday deydi:

“Birinchi kunlarda darslarga tushunmas edim, tushunmasam qanday bo’ladi ekan deb xavotirda edim”.

Shugufa Niyoziy, yana bir talaba:

“Uyga borib bu tilni o’rgana olmayman dedim, lekin onam borib-kelaversang o’rganasan, o’rganmasliging mumkin emas, dedilar. Sinfdoshlarim gapirayotganlarida tushunmas edim, ular nima deyapti deb hayron qolgan edim. Hozir o’zbek tilini ancha yaxshi bilaman”.

Universitetda o’zbek va ingliz tillari uchun bir xil mashg'ulotlar tashkil etiladi. Boshqa elatlar vakillari bo’lgan ko’plab yoshlar ingliz tili sabab o’zbek tilidan ham saboq oladi.

“Har kishi bir tilni o’rgansa bir odam, ikki tilni o’rgansa ikki odam. Oilam ham meni o’zbek tilini o’rganishda targ’ib qiladi. Afg’onistonda har bir tilni bilish zarur”,- deydi Shugufa Niyoziy.

Sadaf Hakimiy, talaba:

“Afg’onistonda o’zbek tilida gapiradigan xalq bor. O’zbekch bizning milliy tilimiz ekan, bu tilni o’rganish kerak. O’zbek tili boy tillardan biri. Bu menga muhtaram bir til. Oldin kimdir so’rasa, men ingliz tilini o’qiyapman der edim. Lekin hozir o’zbek tilini o’qiyapman deb, faxrlanib aytaman”.

Talabalar kitobxonalarda o’zbek tilidagi asarlar oz ekanidan shikoyat qilishadi. Tilni o’rgatish metodikasi rivojlanmagan.

“O’zbeklar bilan bir muhitda yashaymiz, ularning madaniyati haqida biamiz. Yoshlar o’zbek tili qiyin deydi, menimcha, juda qiyin ham emas. Har kim xohlasa o’rgana oladi. Mehnatsiz rohat yo’q. Universitetni bitirsam, men bu tilga xizmat qiladigan shaxs bo’lmoqchiman”,- deydi Juzijon universitetining o’zbek-ingliz tillari bo’limi talabasi Mavluddin Hayot.

“Bilmagan narsalarimizni boshqalardan so’rab olamiz”,- deydi Shugufa Niyoziy.

“Kutubxonada ham kitoblar bor... Kitoblardan foydalanamiz. Internetdan ham foydalanamiz. Internetdagi ma’lumotlar lotin harfida ekani qiyin... Lekin ustozlarimiz lotin alifbosini ham o’rgatganlar, yozish-o’qishni. Odam o’rgansa hech qanday qiyin narsa emas”, - deydi Sadaf Hakimiy.

Juzijon universitetining o’zbek tili va adabiyoti bo’limidan Jamila Iysor:

“Tarjima yo’lidan boramiz. Fors tilida yozilgan o’zbek adabiyoti tarixidan foydalanamiz. Til va adabiyotning mushtarak o’xshashlari bor ekan, talabalar ko’p qiynalmaydi. O’zbek tili o'lkamizdagi tillardan biri bo’lgani uchun ham ular qiziqadilar”.

Talabalar fikricha afg'onlarga o’zbek tili boshidan o’tilishi kerak, ya'ni maktabdan. Shundagina, deydi ular, universitet darajasida ma’ruzalarni tinglab tushunishga qiynalmaysiz.

Afg'onistonda taxminan to'rt million o'zbek yashaydi. O'zbekcha mamlakatdagi rasmiy tillardan biri.

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG