Breaking News

Afg'onlar: O'zbekiston bilan hamkorlik ko'lami kengaysin


Kobulning gilam bozori
Kobulning gilam bozori

Amudaryo ustidan o’tgan “Do’stlik” ko’prigi O’zbekiston va Afg’onistonni bog’lab turadi. Sho’rolar davrida qurilgan Hayraton ko’prigini O’zbekiston rahbari Sharof Rashidov 1980-yillarda ochgan. Toshkent Afg’onistonda suv to’g’onlari qurishda, ta’lim sohasini rivojlantirishda, madaniy yo’nalishlarda yordam berib keladi. Lekin afg’on ziyolilari nazarida hamkorlik tor.

Afg’onlar nazarida O'zbekiston bilan hamkorlik tor
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:05:28 0:00

2008-yil 20-noyabrida Osiyo taraqqiyot banki O'zbekiston va Afg'oniston o'rtasida "Hayraton - Mozori Sharif - Hirot" temir yo'l qurilishi to'g'risida kelishuv imzolangan. Temir yo'l uzunligi 106,5 kilometr bo’lib, bir kunda 9 million tonnadan ortiq yukni o'tkazish imkoniyatiga ega.

Undan 2012-yil fevral oyidan foydalana boshlandi. Aynan shu yo’l vositasida 2016-yil 7-sentabr kuni Xitoy yuk poyezdlari Afg’onistonga yetib keldi. Afg’on tadbirkorlari buni mamlakat tarixidagi katta o’zgarish deb hisoblaydi. 1992-yil oktabr oyida ikki o’lka orasida diplomatik aloqalar qurildi, havo yo’llari ishga kirdi.

O’zbekiston hukumati Afg’onistonda ta’lim markazlari ochilishi xususida ham yordam ko’rsatgan. 2014-yili Mozori Sharif shahrida O’zbekiston hukumati tomonidan o'rta ta'lim maktabi qurilgan.

Ikki mamlakat tuzgan bitim asosida O’zbekistondan Afg’onistonga elektr energiyasi yetkazib berilmoqda.

O’zbekiston rahbari Islom Karimov farmoni bilan o'zbekistonlik olimlar Afg’onistondagi obidalar, ko’hna maskanlarni qayta ta’mirlamoqda.

Hirotda Alisher Navoiy maqbarasi qayta qurildi. Xalqaro Bobur Jamg’armasi Afg’oniston bilan yaqindan ishlab keladi.

1996-yilda Afg’onistonda hokimiyat tepasiga Tolibon kelishi bilan ko’plab afg’onlar O’zbekistonga qochgan. Prezident Karimov ularning ko’piga boshpana bergan.

“Afg’onistonda doim urush-jangal bo’lgan. Ichki nizolar… Aniq bir siyosatning yo’qligi O’zbekiston bilan aloqalar zaiflashishiga sabab bo’lgan. O’rnatilgan hamkorlik qoniqarli emas ”,- deydi jurnalist Muhammad Kozim Aminiy.

Uningcha, ikki mamlakat tashqi siyosat, hatto ichki siyosatda ham mustaqil emas. Afg’onistonga AQShning ta’siri kuchli bo’lsa, O’zbekistonga Rossiya ta’siri, deydi u. Bu ikki buyuk kuchning ziddiyatlari ham aloqalarga ta’sir qilishi mumkin.

O’zbekistondan yordam so’rayotganlar - asosan o’zbeklar.

“Afg’oniston o’zbeklari O’zbekistoning madaniy yordamiga muhtoj. Til va adabiyot bo’yicha talab kuchli. Lekin afg’on hukumati bunga yon bosmaydi”,- Kozim Aminiy.

Pokiston pashtular, Eron va Tojikiston tojiklar bilan qanday aloqa qurgan bo’lsa, O’zbekiston ham o’zbeklar bilan yaqin rishtalarga ega bo’lishi maqsadga muvofiq, deydi suhbatdosh.

XS
SM
MD
LG