Hilmandda afg’on askari amerikalik uch zobitni o’ldirdi

  • Amerika Ovozi

Afg’oniston janubida mahalliy harbiy amerikalik uch zobitni o’ldirgan. Rasmiylarning aytishicha, Hilmand viloyatida afg’on komandir amerikalik askarlarni kechki ovqatga taklif qilgan va ularni otib o’ldirgach, qochib qolgan.

Tolibon vakili Qori Yusuf Ahmadiy so’zlariga ko’ra, Asadulla ismli bu shaxs voqeadan keyin jangarilar safiga qo’shilgan.

Hafta boshidan beri koalitsiya afg’on askarlari tomonidan uchinchi bor hujumga uchrashi.

Kecha, deydi NATO mutasaddilari, sharqdagi Lag'mon viloyatida harbiy bazada otishma boshlagan mahalliy zobit o’ldirilgan.

Seshanba kuni mahalliy armiya formasini kiygan odam NATO soldatini o’ldirgan edi.

Undan bir kun oldin Kunor viloyatida NATO patruli yonida bir necha kishi o’zini portlatib, koalitsiya uch askaridan ayrilgan edi. Shuningdek, oddiy fuqaro va USAID, AQSh xalqaro taraqqiyot agentligi xodimi nobud bo’lgan.

Amerika Davlat kotibasi Xillari Klinton USAID xodimi, Ragay Abdulfattoh oilasiga ta’ziya izhor etmoqda.

Oxirgi bir yarim yilda u mahalliy rasmiylar bilan ishlab, Kunor va Nangarhorda yangi maktablar va klinikalar ochishga, elektr ta’minotini izga tushirishga yordam bergan.

Chorshanba kungi portlashda AQSh Davlat departamentining ishchisi ham jarohat olgani aytiladi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG