Afg'oniston yoshlariga ish va imkoniyat kerak


Yoshlar - har bir o’lkaning kelajagi. Biroq Afg’onistonda ular e’tibordan chetda. Ishsizlik keng. O’qimishlilar vatanni tark etmoqda. Giyohvandlikka mukkasidan ketganlar ham ko'p.

“Amerika Ovozi” bilan gaplashgan afg’onlar beqarorlik va iqtisodiy muammolarni asosiy sabab deb keltiradi. Bunda ular hukumatni, mas’uliyatsiz rahbarlarni ayblaydi.

Yoshlar nazarida davlat tinchlikni ta’minlab, ular uchun ish o’rinlari yaratib berishi kerak. Buning ustiga sifatli ta’lim olish uchun sharoit mavjud emas, deydi ular.

“Afg’oniston yoshlarining asosiy qiyinchiliklari - xavfsizlik va iqtisodiyot. Tinchlik va xotirjamlik bo’lmasa, yoshlar o’qiyolmaydi. Barcha viloyatlarda tinchlik ta’minlanishi kerak, yoshlar qo’llab-quvvatlanishi lozim”, - deydi o’zini G'aybulloh Uyg’un deb tanishtirgan yigit.

Hukumatga ishonch juda past. Saylovlarda odamlarni aldab, ovoz to’plash uchun katta-katta va’dalar berilgan, lekin amalda hech narsa o’zgarmagan.

“Qavmparastlik bor. Hukumatda yaqinlari ishlab yurganlar, hatto savodsiz kishilar ishga olingan, lekin tanish-bilishi bo’lmagan o’qimishli yoshlar ortda qolib kelmoqda. Agar hukumat yoshlarning qiyinchiliklarini hal etish uchun harakat qilmasa, noqonuniy yo’l bilan xorijga ketadi. Ularning bilimi ham o’zlari bilan ketadi. Bu o’lkaga zarar yetkazadi. Bunga hukumat mas’ul”, - deydi Abdulmalik Rahmoniy.

Juzijon oliygohining iqtisod fakultetida ustoz Muhammad Basir Muqimiyning fikricha, yoshlar uchun muammo shuncha ko’pki, ular har narsani katta to’siq deb tushunishadi.

“Yoshlarda umid o’lgan, orzu o’lgan. Umid o’lsa odamlar yarim jon bo’lib qoladi. Yoshlar hozir nimjon”, - deydi u.

Muqimiy nazarida yoshlar hozirgi muammolardan chiqishlari uchun qurbonlik berishlari kerak.

“Inqilobni fikrdan, harakatdan, ovozdan boshlash kerak. Yoshlar orqasida turgan qo’zg’olonlar qasrlarni nobud qilgan, barobarlikni ta’minlagan. Qo’zg’olonlar daraxti yoshlar qoni bilan sug’orilgan”, - deydi muallim.

Uning fikricha, vatanni noqonuniy yo’l bilan tark etishdan ko’ra, vaziyatga chidash ma’qul.

Dardlarini anjumanlar, ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalari orqali butun dunyoga yetkazishi kerak.

Juzijon universiteti, o'zbek tili va adabiyoti fakultetining bitiruvchilari.

Juzijon universiteti, o'zbek tili va adabiyoti fakultetining bitiruvchilari.

Juzijon universiteti, o'zbek tili va adabiyoti fakultetining bitiruvchilari.

Juzijon universiteti, o'zbek tili va adabiyoti fakultetining bitiruvchilari.

XS
SM
MD
LG